27 apr 19:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Iqboljon Xoldarov jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi (FOTO)
O'zbekistonlik bokschi Iqboljon Xoldarov Instagram sahifasi orqali jarrohlik stoliga yotganini malum qildi.
Xoldarov yuklagan suratlarga ko'ra, u elkasidagi jarohatini operaciya qildirgan.
Oxirgi paytlarda yana havaskor bokschi sifatida janglarga chiqayotgan Iqboljon so'nggi bor aprel oyi avvalida Braziliyada bo'lib o'tgan World Boxing Jahon kubogi bosqichida ishtirok etib, chorak final bosqichida mag'lub bo'lgandi.
28 yashar hamyurtimiz prof karerasi davomida hozirga qadar 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : instagram.com/iqboljon_xoldorov
Fikrlar