14 apr 19:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Iqboljon Xoldarov: "Keyingi jangim ham yaqin kunlarda bo'ladi"
O'zbekistonlik bokschi Iqboljon Xoldarov "IBA CHempionlar oqshomi" turnirid doirasida qozog'istonlik Raxmonqul Sag'adatga qarshi jangidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Hamyurtimiz mazkur jangda hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi.
"Tassurotlar juda katta. Xudoga shukur, g'alaba qozondik. O'ylashimcha, hammasi yaxshi bo'ldi.
Anchadan buyon havaskor janglarda qatnashmaytgan edim, IBA turnirida ham birinchi marta ishtirok etdim.
Keyingi janglar ham yaqin kunlar ichida bo'ladi. Taktikani raqibga qarab qo'yamiz. Raqibim prof boksda katta tajribasi borligi uchun dastlabki raundlardan shoshmaslikka qaror qilgandim.
Qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat" , dedi Xoldarov.
Havola :
Manba : boxinguzbekistan
Fikrlar