22 mar 10:12
Yangiliklar
Iqboljon Xoldarovning jangi elon qilindi. Raqib hali mag'lub bo'lmagan (To'liq kard)
29 yashar hamyurtimiz 18 aprel kuni Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahridagi Gazprom Sports Complex majmuasida Saikoulush promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan prof boks oqshomida ishtirok etadi.
Xoldarovga musobaqa doirasida Filippin vakili Den Dakles raqib bo'ladi. Jang super yarim o'rta vazn toifasida 8 raund etib belgilangan.
Oqshomning markaziy jangi esa super engil vazn toifasida vakant bo'lib turgan WBA Gold kamari uchun meksikalik Luis Neri va filippinlik Jon Riel Kazimero o'rtasida kechadi.
Malumot uchun, andijonlik Iqboljon Xoldarov prof faoliyati davomida 7 ta jang o'tkazib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Den Dakles hisobida esa 8 g'alaba va 2 ta durang bor.
18 aprel kungi boks oqshomining to'liq kardi:

Fikrlar