17 dek 18:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Iqboljon Xoldorov jangdan so'ng nimalar dedi?
Toshkent shahrida katta boks kechasi davom etmoqda.
Bir necha daqiqa avval bokschimiz Iqboljon Xoldorov Dmitriy Milyushaga qarshi ringga ko'tarildi va raqibini birinchi raundda nokaut qildi. Jang yakunidan so'ng bokschimiz bugungi jang haqida fikr bildirdi
Jang o'ylaganimizdek bo'ldi. Raqibimni birinchi raunddayoq nokautga uchrata oldim.
Bu prof ringdagi ikkinchi jangim. Maqsadlarim ulkan. Bu hali boshlanishi. Har bir g'alabali jangim chempionlikka yaqinlashtiradi. Bugun ham yana bir sinovdan yaxshi o'tib oldim.
Ushbu jangdan keyin "Mir Boksa" kompaniyasi bilan shartnoma imzolayman",-dedi Iqboljon Xoldorov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar