20 iyu 17:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Iqboljon Xoldorov "Qirol kubogi"da qozog'istonlik bokschiga qarshi jang o'tkazdi
Tailandda boks bo'yicha "Qirol kubogi" xalqaro turniri boshlandi.
Musobaqa doirasida -69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Iqboljon Xoldorov musobaqadagi ilk jangini qozog'istonlik Ayatilla Takijanovga qarshi o'tkazdi va imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq hamyurtlarimizdan SHunqor Abdurasulov mezbon bokschiga yutqazib qo'ygandi. So'ngra Abdumalik Xalakov va SHukurjon Rahimov g'alabaga erishib, keyingi bosqichga yo'l olgandilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar