So’nggi yangiliklar

17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0 14:08Петр Ян: "Энди нима дейсан?" 0 13:47Ислам Махачев Петр Яннинг ғалабасига муносабат билдирди + ФОТО 0 13:26Гвардиола кечаги 0:4 ҳисобидаги мағлубиятдан сўнг нималар деди? 0 13:05Эркин кураш бўйича Ўзбекистон чемпионатида ғолиблар аниқланди 0 12:44Мераб Двалишвили Петр Янни октагонга чорлади 0

08 okt 13:39
Yangiliklar

Sport kurashlari

Iqtidor va mehnatni o'zida jamlagan sportchilar kam - Olim Hikmatov, erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonovning ustozi

Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Olim Hikmatov murabbiyning sportchi hayotidagi o'rni, g'alaba uchun muhim omillar, o'z shogirdlariga nimalarni uqtirishi, Bekzod Abdurahmonovning sportdagi yo'li va terma jamoaning keyingi rejalari haqida to'xtalib o'tdi.

Tokioda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) qozog'istonlik Daniyar Kaysanovni mag'lub etib, olimpiada o'yinlarining bronza medaliga sazovor bo'lgan edi. Sportchining murabbiyi Olim Hikmatov «Gazeta.uz»ga intervyusida murabbiylarning sportchilar hayotidagi o'rni, sportda natija ko'rsatish uchun muhim bo'lgan omillar, Bekzod Abdurahmonovning olimpiadadagi ishtiroki va Olimpiada medalining ahamiyati haqida gapirdi.


Foto: Olim Hikmatovning shaxsiy arxividan (chap tomonda — Olim Hikmatov).

— Qanday qilib murabbiy bo'lgansiz va nega murabbiy bo'lishni xohlagansiz?

— Bolalikda erkin kurash bilan shug'ullanib yurganimda O'zbekiston terma jamoasi etakchisi edim. O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi musobaqalarga tez-tez borib turardik. Jumladan, ikki marta Bolgariyaga borish nasib qilgan. SHuningdek, Afg'onistonda bo'lib o'tgan kattalar o'rtasidagi musobaqada qatnashganman. O'smirlikda ko'plab yutuqlarga erishganim va menda etakchilik qobiliyati mavjudligi bilan maqtana olaman.

Murabbiyim Aleksandr Borisovich Pyatigorskiyga juda havas qilardim. U kishi men uchun ideal shaxs edi: adolatli, mehnatkash, vijdonli va o'z ishining professional ustasi. Faoliyatimni bir oz erta yakunlab, murabbiyimga yordam berishni boshladim. Bolalarni astoydil shug'ullantirdim, sekin-asta yigitlarimiz natija ko'rsatishida ko'maklashdim.

— Murabbiy bo'lmaganingizda, nima bilan shug'ullanardingiz?

— 10-sinf oxirida otam meni sport jurnalisti bo'lishimni xohlaganlar va hatto «O'zbekiston sportchisi» gazetasida 2−3 ta maqolam chop etilgan. Keyinchalik termamiz murabbiylari sportdagi foliyatimni davom ettirmoqchi bo'lsam, Jismoniy tarbiya va sport universitetiga kirishni, jurnalist bo'lishni istasam, Jurnalistika fakultetiga hujjat topshirishim kerakligini aytishdi. Yakunda otam bilan maslahatlashgan holda, murabbiy bo'lishni maqsad qilib, Jismoniy tarbiya va sport universitetini tanladim. O'ylashimcha, agar murabbiy bo'lmaganimda, jurnalist bo'lardim.

— Sportchilar murabbiylari bilan ko'p vaqt o'tkazishadi. Murabbiyni oilaning bir azosi deyishadi. Rostdan ham shundaymi?

— Bazida ko'plab sportchilar ota-onasidan ko'ra ko'proq murabbiyiga quloq solishadi. SHunday holatlar bo'lganki, ota-onalar yonimga kelib, farzandlari ustidan shikoyat qilishgan. Ular murabbiylar orqali farzandlarini tarbiyalashga harakat qilishardi. Sport zaliga kelgan bola atrofga qaraydi va hamma murabbiyga quloq tutayotganini ko'radi. Keyin o'zi ham o'zgarib, nisbatan qo'rquvni his etadi. Masalan, murabbiy o'ziga quloq solmagan sportchini zaldan haydab yuborishi mumkin, uyda esa biladiki, ota-onalar bunday qilishmaydi. Aytishim kerak, murabbiy ikkinchi otadek bo'ladi. Ayrim bolalar ota-onalaridan-da ko'proq murabbiyga ishonadilar


SHuningdek, ota-onalar farzandlari bilan kam ko'rishishlarini aytib o'tish kerak. Masalan, ertalab 30 daqiqa va kechasi ozgina vaqt. Sportchi esa murabbiy bilan hamma vaqt birga bo'ladi: musobaqalarga boradi, 2−3 haftalab yig'inlarda qatnashadi. SHuning uchun o'zaro yaqin bo'lib qolishadi.

Foto: Olim Hikmatovning shaxsiy arxividan.

— O'z shogirdlaringizga qanday qadriyatlarni singdirishga harakat qilasiz? Buni qanday amalga oshirasiz?

— Biz sportchilarga bolalikdan mehnatkash, haqgo'y, madaniyatli bo'lishni va gigiena qoidalariga rioya qilishni uqtiramiz. Masalan, men doimo maktabda alo baholarga o'qishlarini, uy yumushlarida ota-onalariga yordam berishlarini buyuraman. Mashg'ulotlarda esa boshidan oxirigacha shug'ullanishlarini va bor kuchlarini sarflashlarini tayinlayman. Agar bularning hammasini qilsa, ularning boshqa ortiqcha vaqtlari bo'lmaydi. Ko'chada behuda vaqt sarflashmaydi, nomaqbul ishlarga qo'l urishmaydi. SHogirdlarimga kechasi soat 21:00 dan keyin o'rtoqlari bilan ko'chada yurmasliklarini aytaman. Ularga hamisha «siz ko'chada kimnidir xafa qilish uchun emas, sportda natija ko'rsatish uchun shug'ullanasizlar», deb aytaman. Qanday inson bo'lmasin katta yoshdagilarni hurmat qilish kerak. O'ylaymanki, shogirdlarim orasida tarbiyasizlari yo'q.

— Sizning shogirdlaringiz qanday qoidalarga rioya qilishi kerak? Ushbu qoidalar qanchalik qatiy?

— Mehnatkash, adolatli va albatta, o'z vadalarida turishlarini talab qilaman. SHuningdek, mashg'ulotlarga vaqtida kelishni, ayrim sabablarga ko'ra kela olmaydiganlar qo'ng'iroq qilib, ogohlantirib qo'yishlarini aytaman. Kechasi o'z vaqtida uxlash ham qatiy qoidalardan biri. Bularsiz natijaga erishib bo'lmaydi. Bolalarga har doim aytaman: asosiysi, yaxshi inson bo'lib etishish. Keyin natija ko'rsatish.

— G'alaba qozonish uchun sportchi qanday xususiyatlarga ega bo'lishi kerak?

— O'z maqsadlari sari oxirigacha intilish, murabbiy ko'rsatmalariga amal qilish va mashg'ulotlar tugagandan keyin ham shaxsiy mashg'ulotlarni olib borish lozim. Ishlash, ishlash va yana ishlash.

Masalan, Bekzod Abdurahmonovni misol qilib olsak, u bolalikdan mashg'ulotlarga birinchi kelib, oxirgi bo'lib ketardi. Texnikasi bo'yicha undan kuchlilar ham bor edi, ammo uning ruhi sinmadi va o'z ustida ishlashda davom etdi. SHuning evaziga mana katta yutuqlarga erishdi.

Foto: Olim Hikmatovning shaxsiy arxividan.

— Sportchida chempionni darhol payqash mumkinmi yoki bu vaqt davomida bilinadimi? CHempion bo'lish uchun yuksak istedod sohibi bo'lish kerakmi yoki sportchi mehnatkash bo'lishi muhimroqmi?

— Bilasizmi, oldimizga ko'plab iqtidorli yigitlar kelishadi. Bu yigitdan zo'r kurashchi chiqadi, deb o'ylaysiz. Biroq ular bolalikda g'oliblikka erishgach, o'z ustilarida ishlamay qo'yishadi, kam shug'ullanishadi. Aksincha, nisbatan kuchsiz ko'ringan toifa egalari tinmay mehnat qilishadi, tartibga amal qilishadi va shu tufayli katta yutuqlarni qo'lga kiritishadi. Iqtidor va mehnatni o'zida jamlagan sportchilar kam.

— SHogirdlaringiz sizni qanday murabbiy deb tariflashadi?

— Menimcha, meni tartibli va adolatli ekanligimni aytishsa kerak.

— Murabbiy sifatida shogirdingizga o'zining eng yaxshi iqtidorlari va qobiliyatlarini ochishga qanday yordam berasiz?

— Bekzod Abdurahmonov misolida aytadigan bo'lsam, o'smirlik paytida uning texnikasini birgalikda rivojlantirganmiz. Kuchli tarkibga ega edik, jamoamizda do'stona muhit hukm surardi, bu ham qo'l kelgan.

O'smirligida uni hech kim musobaqaga olib bormasdi, shu vaqtda men uni va boshqa yigitlarni yoshlar o'rtasidagi turnirlarga olib borardim. O'ylaymanki, u shu tufayli yo'qolib qolmadi va mehnat qilishdan to'xtamadi.

O'shanda jamoamiz kuchli bo'lganiga qaramasdan, shogirdlarim orasidan hech kimni terma jamoaga jalb etishmasdi, terma jamoa ustozlari yoshlar musobaqalari uchun tarkibga faqat o'zlarining shogirdlarini kiritishardi.

Men esa shogirdlarimni yoshlar o'rtasidagi turnirlar uchun tez-tez Turkiyaga olib borardim. Bekzodga «u murabbiy bilan ishlama, bizning safimizga qo'shil», deganlar ham bo'lgan, lekin u buni rad etgan va 2008 yilda AQSHga ketgan, o'shanda ham mendan ruxsat olib ketgan edi. 2014 yilda esa qaytib kelgan.

Foto: Olim Hikmatovning shaxsiy arxividan.

— Olimpiadadan oldin shogirdingizga qanday motivaciya berdingiz? Uni hal qiluvchi bahsdan avval qanday yo'naltirdingiz?

— Olimpiadaning birinchi davrasida u puerto-rikalik Franklin Gomes bilan to'qnash keldi. Men Bekzodga kuchli ekanligini, raqibini yaxshi bilishini va yutishi lozimligini, ayrim taktik rejalarni uqtirdim. U 10:0 hisobida g'alaba qozondi. Afsuski, ikkinchi davrada ikki karra jahon chempioni Zaurbek Sidakov bilan bellashib, mag'lubiyatga uchradi. Keyin Gvineya-Bisau vakili Augusto Midanani mag'lub etdi. Uchinchi o'rin uchun bahsdan oldin raqibi Daniyar Kaysanov qanday kurashishini ko'rsatdim va u bilan qanday bellashish kerakligini uqtirdim, natijada Bekzod qozog'istonlik raqibining ustidan g'alaba qozondi.

Olimpiadada karantinda bo'ldik. Kun bo'yi bir xonada o'tirardik, lekin yigitlarga bu yaxshilikka ekanligini, ruhiy jihatdan tushkunlikka tushmasliklari lozimligini tushuntirishga intildik.

— SHogirdingiz Bekzod Abdurahmonov Olimpiada medalini qo'lga kiritganda, nimalarni his qildingiz? G'alaba — juda ehtirosli on, uni qanday boshdan kechirish haqida maslahatlar bormi? Mag'lubiyatni-chi?

— SHogirdingiz 12:0 hisobida oldinda borsa, tushunasizki, u albatta, yutadi va bunga jiddiy qaramaysiz, chunki bir-ikki daqiqada bahsni boy berib qo'yish qiyin. Biroq ertasi kuni Olimpiada medaliga erishganini va O'zbekiston tarixida qolganini his etasiz.

Olimpiya o'yinlaridagi har qanday medalning qiymati yuqori. SHunday bo'ladiki, yigitlar 2−3 martalab jahon chempioniga aylanishadi, ammo ularda Olimpiada medali bo'lmaydi. Aksincha voqeliklar ham kuzatiladi, yani yirik turnirlarda g'olib bo'lmagan atletlar Olimpiada medaliga ega chiqishi mumkin. Olimpiada medali bu tarixda qolish deganidir.

— Endilikdagi rejalaringiz qanday?

— Bizni oldinda keyingi yili Xitoyning Xanchjou shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari kutmoqda. 2023 yilda esa Parij Olimpiadasiga licenziya taqdim etuvchi musobaqa bor.

Foto: Olim Hikmatovning shaxsiy arxividan.


Og'abek Samisov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing