So’nggi yangiliklar

12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0

13 noy 17:06
Yangiliklar

Boks/MMA

Eddi Xirn: "Ennis - Ortis jangi shartlari kelishib olindi"

Britaniyalik promouter Eddi Xirn birinchi o'rta vaznda ikki vaqtinchalik jahon chempionlari - Jeyron Ennis va Virjil Ortis o'rtasidagi jang shartlari ushbu bahsni translyaciya qilishdan manfaatdor bo'lgan DAZN striming xizmati bilan kelishilganini malum qildi.

"DAZN rahbariyati, men, Oskar De La Xoyya, Erik Gomes bilan uchrashuv o'tkazdik va ushbu jang shartlari bo'yicha kelishib oldik, - dedi WBA vaqtinchalik chempioni Ennisning manfaatlarini himoya qiluvchi Xirn ESPN’ga bergan intervyusida. - Ennis bu shartlarga rozi bo'ldi, shuning uchun agar Ortisning promouterlari bandlarni o'zgartirmoqchi bo'lsa, biz buni qayta muhokama qilishimiz kerak bo'ladi".

Ortis va Ennis jangi bo'yicha kelishuv 8 noyabr kuni WBC vaqtinchalik chempioni Virjil Ortisning Erikson Lyubinga qarshi jangi oldidan amalga oshib bo'lgandi. Jangning ikkinchi raundida Ortis Lyubinni texnik nokautga uchratgan edi. 

"Lekin ular bu jangni unchalik xohlashmayapti. Virjil - ajoyib jangchi, Ennis ham. Bu jangni o'tkazmaslikka sabab topish oson", - dedi Xirn Ortisning promouterlari haqida.  

"Menga ularning men eshitgan ko'plab bayonotlari yoqmaydi, ammo aniq bilamanki, DAZN bu jangni o'tkazish uchun hammaga katta bosim o'tkazadi. SHuning uchun biz Dallasga, Ortis va Lyubinning jangiga biz istayotgan jangga 100 foiz qiziqishimizni ko'rsatish uchun keldik", - deya so'zlariga yakun yasadi Xirn.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing