07 may 07:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Irji Proxazkaga qarshi jang qilishni istovchilar ko'payib qoldi
Yarimog'ir vazn toifasida UFC reytingining uchinchi raqamli jangchisi Aleksandr Rakich Irji Proxazkaga qarshi jang qilmoqchi.
"Irji Proxazka ajoyib jang o'tkazdi. U Dominikni nokaut qildi va chempionlik uchun davogarlardan biriga aylandi. Uning g'alabasi menga yanada ko'proq ishtiyoq bilan mashg'ulotlarda ishtirok etishga zamin yaratdi. Hozirgi vaqtda unga qarshi jang qilishim ajoyib bo'lardi. Sababi vaznning chempioni va birinchi raqamli davogarlar o'zaro jang qilishadi. Irjiga esa mendan haqliroq raqib qolmaydi", - dedi Rakich.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar