So’nggi yangiliklar

11:47Таэквондо бўйича Лондон-2012 Олимпиадаси совриндори яна UFC билан шартнома имзолади 0 11:06Богдан Гусков: "Мен Анкалаевга мухлислик қилганман" 0 10:29Романо Возиньянинг янги клуби номини маълум қилди 0 09:50Фьюри Паттайядаги бокс оқшомида Вахни техник нокаут эвазига мағлуб этди 0 09:02Ёш синхрон сузувчиларимиз Осиё чемпионатини сермаҳсул ўтказишмоқда 0 19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0

25 iyu 15:05
Yangiliklar

Bolalar sporti

Ishchi guruh CHust tumanidagi BO'SM holatini ko'zdan kechirdi

Ayni kunlarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhi Namangan viloyatida bo'lib turibdi.

So'ngi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, sportchilar mashg'ulotlarni olib borishi uchun etarli shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taminlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, xabaringiz bor ayni kunlarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhi Namangan viloyatida bo'lib turibdi. Ishchi guruh vakillari Pop va CHust tumanlarida joylashgan Bolalar-o'smirlar sport maktabining moddiy-texnik bazasi holati, sportchilarga yaratib berilgan sharoitlar shuningdek, ijro intizomi qay tarzda olib borilayotganligini o'rgandi.

Hozirgi kunda sport maktabida 15 ta sport turi bo'yicha 1738 nafar sportchi-o'quvchilar muntazam sport bilan shug'ullanib kelmoqda. SHundan 538 nafarini qizlar tashkil etadi. Sport maktabida 75 nafar trener faoliyat olib borayotgan bo'lsa, (35 nafari oliy malumotli) shundan 21 nafarini ayol murabbiylar tashkil etadi. Mazkur sport maktabi boks, taekvondo WTF hamda stol tennisi sport turlariga ixtisoslashgan. SHu kunga kelib 17 nafar sportchi terma jamoa azosi hisoblanadi.

Takidlash joiz so'ngi yillarda CHust tumanida sportga katta etibor qaratilmoqda. Tumandagi bolalar va o'smirlar sport maktabidan bir nechta Xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindorlari etishib chiqqan. Misol uchun boks bo'yicha Braziliyaning Rio-do-Janeyro shahrida bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlarining bronza medali, 2015 yili Doxada o'tkazilgan jahon chempionati kumush medali hamda 2015-2017 yillari o'tkazilgan Osiyo chempionatida kumush va oltin medallari sohibi shuningdek, WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliev ham mazkur sport maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhining Namangandagi faoliyati davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing