So’nggi yangiliklar

07:30"Реал" икки футболчисини жазолади 0 22:26Холмурод Нурматов иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 20:05Анвар Абдуллаев фаолиятидаги илк мағлубиятини ACA Лигасида қабул қилиб олди 0 19:37Дэвид Бенавидес Бивол билан жанг бўйича музокаралар бошланганини айтди 0 19:15ACA 203. Шариф Кушаев иорданиялик рақиб билан жанг қилди 0 19:01Исо Масиҳга ўхшатилган ва маданий ҳаёт туфайли "Манчестер Сити"дан кетган. Ўзбекистоннинг янги мураббийи ҳақида нималар биламиз? 0 18:39Хамзат Чимаев RAF турнирида Кайл Снайдерга қарши кураш эҳтимолини баҳолади 0 18:18Риёд-2026 Жанг санъати ва ёпиқ иншоотлардаги Осиё ўйинлари дастурига кирган спорт турлари маълум бўлди 0 17:52Хотамбек Бойназаров UFC'да Хоакин Бакли билан жанг қилиш ҳақида гапирди 0 17:25Палмер "Манчестер Юнайтед"га ўтишга рози?! 0 17:02Фурқатбек Ёқубов — ўзбекистонлик ММА жангчиларига: "Рақиб танлашда озгина уялинглар!" 0 16:39Қозоғистон жаҳон хоккейи элитасига қайтди! 0 16:16Дана Уайт Конор Макгрегорнинг қайтаётганини тасдиқлади 0 15:40ЖЧ-2026 финали чипталари 33 000 долларгача ошди 0 15:14Расман: Арман Царукян Топурия - Гэтжи жанги учун захира варианти бўлади 0

12 fev 11:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Islam Maxachev: "Agar Abdulmanap uzoqroq yashaganida, otishmalar kamroq bo'lardi"

Magomedrasul Mutaevning o'limi aslida qanday sodir bo'lgan edi?

Maxachqalada engil vazn toifasida MMA jangchisi Magomedrasul Mutaev otib o'ldirilgani haqidagi xabar sport jamoatchiligini qayg'uga solgani bor gap. 

Aslida nima bo'lgandi? 

Voqea 31 yanvar kuni kechasi Maxachqala markazida sodir bo'lgan. Nomalum shaxs Mutaevni uning uyi ostonasida kutib turgan va u kelayotgan payt Magomedrasulga qarata bir necha marotaba o'q uzgan. Marhum sportchi voqea joyida vafot etgan. Mash telegram kanaliga ko'ra, tajovuzkor Mutaevga sakkiz marotaba o'q uzgan va voqea joyidan qochib ketgan. O'qlardan biri uning bosh qismiga tekkan. Dog'istonlik tez tibbiy yordam mashinasida jon bergan. 

Ayni paytda qotillik yuzasidan ochilgan jinoyat ishi davom etmoqda. Manbaga qaraganda, bir necha oy oldin Magomedrasul unga hujum qilgan shaxsni kamsitgan, bu esa qotillik bilan yakunlangan navbatdagi hujumga sabab bo'lgan. 

"Tergov guruhi va Dog'iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi hodimlari zudlik bilan voqea joyiga etib borishgan. Gumonlanuvchining shaxsi aniqlandi, policiya uni qo'lga olish choralarini ko'rmoqda", - deyiladi Dog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bayonotida. 

Marhum sportchi 21 yoshda edi. U Abdulmanap Nurmagomedovning sport zalida shug'ullangan. 2022 yilda Mutaev erkin kurash bo'yicha Ali Aliev xotirasiga bag'ishlangan turnirda 97 kg vazn toifasida ikkinchi o'rinni egallagan. 2022 yilning noyabrida Magomedrasul AMC Fight Nights ligasida Elg'un Yusibovni mag'lub etib, MMAda debyut qildi. Dog'istonlik fevral oyida yana bir jang o'tkazishi kerak edi, biroq sportchining o'limi sabab bahs bekor qilindi. 

Keyinroq, liga fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi: "Muhammad o'zining 21 yillik umri davomida jang sanati olamida yorqin iz qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Uning siymosi qalblarimizda mangu saqlanib qoladi. Oila va yaqinlariga taziya bildiramiz!" 

AMC Fight Nights prezidenti Komil Gadjiev esa Mutaevni shunday tarifladi: "Men uning amakisini yaxshi bilaman, ular birga kelishgan. Amakisi uni yaxshi kurashchi va bo'lajak MMA istiqboli sifatida tanishtirdi. Men unda juda ko'p imkoniyatlarni ko'rdim. Yosh, kuchli, yaxshi asosga ega sportchi edi…"

"Menimcha, agar Abdulmanap uzoqroq yashaganida, otishmalar kamroq bo'lardi. U odamlarni faqat sport zalida mashq qildirmasdi, ularga mafkura ham ulashar edi. U bergan manaviy ozuqa bilan odamlarning ahmoqlikka vaqtlari deyarli bo'lmasdi. Bu dahshatli voqea, qayta-qayta aytganimdek, MMA bu - malum bir ruhiyatga, qarashlarga ega bo'lgan, tezda so'zdan ishga, janjaldan jangga, jangdan otishmaga o'tadigan odamlarning sport turidir. MMA va jinoyat hamisha yonma-yon yuradi. Agar u (qotil) qamoqqa tushmasa, katta yulduzga aylanadi", deydi UFC chempioni Islam Maxachev.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing