28 dek 08:12
Yangiliklar
Islam Maxachev Arman Carukyan bilan ehtimoliy greppling jangi haqida fikr bildirdi
"Ikki-uch oy qandaydir bellashuvlarga tayyorgarlik ko'rgandan ko'ra, haqiqiy jangga tayyorlanganim maqul. Arman mashg'ulot bellashuvlariga chiqyapti — Benson Xenderson, Patriki Freyre. Xuddi shunday bahslarni zalda ham o'tkazish mumkin. Hozir unda bittagina munosib raqib bo'ldi — Mexdi Baydulaev, u ham bir kunlik ogohlantirish bilan jangga chiqdi. Men Mexdi bilan kurashganman, u juda baquvvat. Gap revansh haqida ketyapti. Agar Mexdi ozgina tayyorlansa, kuch yig'sa, vazn olsa — ularda juda raqobatli jang bo'ladi. Qolganlari-chi, Arman kimlarni yutgan bo'lsa… biz zalda bundan qiziqroq janglar qila olamiz.
Menga bunday bahslar unchalik qiziq emas, chunki men jangga tayyorlanib, ancha katta gonorar olishim mumkin. Faqat kurashishga qiziqishim yo'q", — dedi Maxachev.
Fikrlar