09 fev 14:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev Entoni Joshuani Dog'istonga taklif qildi
Yarim o'rta vaznda UFC chempioni Islam Maxachev Dubay shahrida boks bo'yicha superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua bilan uchrashib qoldi.
Britaniyalik Elfi Devisga qarshi jang oldidan engil vazn toifasida PFL chempioni Usman Nurmagomedovning jamoasini qutlash uchun kiyinish xonasiga kirgan Joshua Islam bilan suhbat qurgan.
Dastlab Joshua Maxachevga o'z telefonidagi qiziq narsani ko'rsatgan, aftidan, UFC rasmiy kollekciyasidagi futbolka bo'lsa kerak. Keyin Maxachev britaniyalikka murojaat qilib, "Sen kelishing kerak, shunchaki futbolka [sotib olish] emas", degan.
Joshua bunga javoban hazillashib, unga Dog'istonda ikki-uch yil kerak emasligini aytdi: "Faqat 2-3 haftaga, 2-3 yilga emas".

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar