24 mar 12:44
Yangiliklar
Islam Maxachev ertalabki mashg'ulotlari rejasini oshkor qildi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi murabbiyi boshchiligida amalga oshirgan mashg'ulotlar majmuasi tafsilotlari bilan o'rtoqlashdi.
Dasturga quyidagilar kiritilgan:
otjimaniya — 15 martadan 3 ta yondashuv (podxod);
yotgan holda — 90 kg vaznli toshni 6 martadan 3 ta yondashuvda ko'tarish;
o'tirib-turish (90 kg) va dast ko'tarish (90 kg) - 3 ta yondashuv: 5 ta o'tirib-turish, birdaniga 5 ta dast ko'tarish;
rumincha tortilish (60 kg) - 3 ta yondashuv: 8 ta tortilish, birdaniga 10 ta tortilish;
gantellar (15 kg) va shtanga (40 kg) - 3 ta yondashuv: 15 marta gantellar bilan, birdaniga 5 marta shtanga bilan;
press va bel mushaklari - 20 martadan 3 ta yondashuv.
Mashqlar orasidagi dam olish ikki daqiqani tashkil etadi.

Fikrlar