25 may 19:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev faaoliyatini yakunlagan Pol Felderga murojaat qildi, Felder javob berdi
UFC'da faoliyat yuritayotgan Islam Maxachev karerasini tamomlagan 35 yoshli amerikalik jangchi Pol Felderga murojaat qildi.
"Maroqli xordig'ingdan zavqlan",-deb yozdi Maxachev o'zining Twitter'dagi sahifasida.
"Sen hammani engasan, yigitcha. Karerangda omad tilayman! Men seni kuzataman",-deb javob berdi Felder.
Eslatib o'tamiz, Pol Felder UFC`da 2014 yildan boshlab jang qilgan va 15 ta jang o'tkazgan. 9 ta g'alaba, 6 ta mag'lubiyat qayd etgan. Umuman olganda, aralash yakkakurashlarda 23 ta jang: 17 g'alabaga erishgan, 6 marta mag'lubiyatga uchragan.
Felder UFC'dagi so'nggi ikki jangida mag'lub bo'ldi. Fevral oyida UFC Fight Night 168 turnirida Den Xukerga yutqazdi. 2020 yil noyabrda UFC Fight Night 182 da Rafael dos Anosga imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : Twitter
Fikrlar