14 iyu 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev ikki vazn toifasida UFC chempioni bo'lmoqchi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Islam Maxachev yana bitta vazn kamarini o'ziniki qilish istagida ekanini aytdi.
"Bu mening orzuim va u amalga oshishiga ishonaman. Ha, men Edvardsni mag'lub eta olaman. U Kamaru Usmanga qarshi himoyada yaxshi harakatlandi, lekin menda boshqacha bo'ladi. Men u bilan "stoyka"da jang qila olaman. Ishonchim komilki, men undan hech bir jabhada kam emasman. Menga imkon bering", - dedi Maxachev Daniel Kormega bergan intervyusida.
Malumot uchun, Islam Maxachev navbatdagi jangini oktyabr oyida Abu-Dabida o'tkazadi, uning raqibi katta ehtimol bilan braziliyalik CHarlz Oliveyra bo'ladi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar