So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

10 mar 12:34
Yangiliklar

Boks/MMA

Islam Maxachev jarohat olibdi, Dana Uayt buni tasdiqladi

Dana Uayt Oq uy turniri kardida Islam Maxachev va Iliya Topuriya o'rtasidagi super jang bo'lgani haqidagi malumotni rad etdi.

"Bu noto'g'ri xabar. Ha, Jastin Getji dastlab kardda bo'lmagan - bu haqiqat! Ammo bu Islamning Tupuriyaga qarshi jangi emas edi. Qanday janglarni muhokama qilayotganimizdan havotir olmang. Tasdiqlangan va bo'lib o'tadigan janglarni elon qildik. Aytdim-ku, u erda g'alati holatlar bo'lgan deb.

Jang barbod bo'lgach, bizning asosiy matchmeykerlarimiz ofisga qaytishdi va ertalab soat to'qqizgacha ishlashdi - Getji shu tariqa kardga kirib qoldi. Topuriya ham aslida bu turnirda jang qilmasligi kerak edi. Unga ham so'nggi lahzada qo'ng'iroq qilishdi", - dedi tashkilot rahbari Las-Vegasda bo'lib o'tgan Zuffa Boxing 04 turniridan keyingi matbuot anjumanida.

Bundan tashqari, Uaytning takidlashicha, yarim o'rta vazn toifasida UFC chempionlik kamarini o'zida saqlab turgan rossiyalik chempion ayni paytda jarohat olgan va uning oktagonga qaytish muddati masalasi ochiq qolmoqda.

"Uning qo'lida muammo bor. Men buni bilaman. Uning jarohati qanchalik jiddiyligi va qancha vaqt janglardan tashqarida bo'lishini esa bilmayman, ammo u jarohat olgan, bu fakt!", - deya qo'shimcha qildi UFC rahbari.

O'tgan hafta oxirida engil vazn toifasida Iliya Topuriya va Jastin Getji o'rtasidagi birlashtiruvchi jang 14 iyun kuni Oq uyda bo'lib o'tadigan va Amerika mustaqilligining 250 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirining asosiy voqeasi deb elon qilingandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing