12 noy 11:52
Yangiliklar
Islam Maxachev Jek Della Maddalenadan keyingi raqibni aytdi
Agar shu hafta oxirida Jek Della Maddalena ustidan g'alaba qozonilsa, Islam Maxachev yarim o'rta vazn toifasida UFC chempionlik kamarining birinchi himoyasini Kamaru Usmanga qarshi o'tkazishga tayyor bo'ladi.
"Jekdan keyin, menimcha, Kamaru bo'lishi kerak. Usman yarim o'rta vazn divizionida eng ko'p titul himoyasiga ega va u hozirda yaxshi poziciyada. Kamaru hozir reytingda nechanchi o'rinda ekani rostdan ham esimda yo'q", - dedi rossiyalik jangchi Eydin Rossga bergan intervyusida.
Yarim o'rta divizionda kuchli beshlikni yakunlab turgan Kamaru Usman 15 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirida zafar quchadigan chempionlik bahsi g'olibiga qarshi jang o'tkazishga umid qilayotganini malum qildi.
"Butun diqqat-etiborim shu dam olish kunlariga qaratilgan. Kim g'olib chiqishini ko'ramiz. Hozir menga eng katta va eng qiyin janglar kerak. Men zaxiramda yana yigirmata jang yo'qligini tushunaman, shuning uchun agar chempionlik jangi bo'lsa - men aynan shuni xohlayman", - dedi sobiq divizion chempioni MMA Junkie nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar