23 mar 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev Movsar Evloevning g'alabasiga munosabat bildirdi + FOTO
Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Islam Maxachev reytingda birinchi o'rinni egallab turgan hamyurti Movsar Evloevning g'alabasini bitta so'z bilan ifodaladi.
"Mashina!", - deb yozdi Islam ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Evloev 22 martga o'tar kechasi London (Buyuk Britaniya) shahridagi "O2 Arena"da bo'lib o'tgan UFC Fight Night 270 turnirining asosiy jangida britaniyalik Leron Myorfini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, chempionlik kamari uchun majburiy davogarga aylangandi.
Rossiyalik bu bilan o'zining aralash yakkakurashlardagi g'alabali seriyasini 20 ta jangga etkazib olgandi. Movsar UFC oktagonida 10 ta g'alabaga erishgan. O'z navbatida, Myorfi faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Uning hisobida jami 17 ta g'alaba bor va yana bir jang o'tkazilmagan deya topilgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar