So’nggi yangiliklar

19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0

07 mar 08:04
Yangiliklar

Boks/MMA

Islam Maxachev navbatdagi raqibi kim bo'lishini taxmin qildi

Teglar :  Islam Maxachev
Engil vazn toifasida UFC chempioni Islam Maxachev navbatdagi raqibini aniqlashi mumkin bo'lgan janglar haqida gapirdi.

CHempionlik uchun asosiy davogar CHarlz Oliveyra va Benil Dariush o'rtasidagi jang g'olibi bo'ladi. Maxachev bu qarama-qarshilikda amerikalik g'alaba qozonishiga umid qilmoqda.

"Umid qilamanki, Benil g'alaba qozonadi, chunki men Oliveyrani allaqachon mag'lub etganman. Menga yangi raqib kerak! Dariushning stoykasi va kurash bo'yicha mahorati yaxshi, shuning uchun ham yaxshi jang bo'ladi. Ammo Oliveyra g'alaba qozonsa va yaxshi jang namoyish etsa, balki navbatdagi raqibim u bo'lar. Aniq bilmayman", - dedi Maxachev.

Konor Makgregor va Maykl CHendler o'rtasidagi jangga kelsak, agar Konor g'alaba qozonsa va tashkilot uni navbatdagi davogar deb atasa, Maxachev irlandiyalikka qarshi chempionlik kamarini himoya qilishga tayyor.

"Ularning ikkalasi ham aqlli yigit. Konor CHendlerni tanladi, Maykl avvalroq ataylab mag'lub bo'lgan edi. Sababi, u bir-ikki jangda g'alaba qozonganida Makgregor bilan jang hech qachon bo'lmasdi. Albatta, CHendler ataylab mag'lub bo'ldi, u ko'cha jangchisi kabi kurashdi va xohlagan narsasiga erishdi.

Konor Mayklni mag'lub etgan taqdirda ham chempionlikka loyiq emas. Lekin agar UFC shuni xohlasa jang bo'ladi. Yaxshi pul ishlaymiz — olg'a! Men UFC qo'ng'iroq qilishini kutyapman. Dana, menga qo'ng'iroq qil, tayyor bo'laman!", - deya qo'shimcha qildi Maxachev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing