15 mar 17:31
Yangiliklar
Islam Maxachev nega UFC unga mart oyiga jang tashkil qilmaganini tushuntirdi
Maxachev UFC rahbari Dana Uaytdan mart oyiga, tashkilot esa aksincha, fevral oyiga jang tashkil qilib berishini so'ragan. Natijada tomonlar vaqt masalasida kelisha olishmagan.
"Menda kichik jarohat bor edi. Hozir hammasi joyida. Men UFC`dan mart oyiga jang so'ragandim. Lekin ular mendan fevralda oktagonga chiqishimni so'rashdi. Mart oyiga 100 foiz tayyor bo'lishimni aytdim. Ammo ular bu oy uchun senga munosib raqib yo'q deyishdi. SHunda men: "Okey, kamar menda, raqib beringlar, men o'sha paytga tayyor bo'laman deb aytdim", — dedi Maxachev MMAJunkie kanaliga bergan intervyusida.
Avvalroq, Islam Maxachev amerikalik Dastin Pore bilan iyun yoki iyul oyida jang qilmoqchi ekanini aytgandi. Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi yil so'nggiga qadar yana bitta jang o'tkazmoqchi.
Fikrlar