09 fev 18:25
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/322210_220.jpg)
Islam Maxachev nima bilan mashg'ul ekanini ko'rsatdi + FOTO
Engil vaznda amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev dam olish kunlarini qanday o'tkazayotganini ko'rsatdi.
U o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga surat joyladi. Islam Dog'istondagi tog'larda motocikl haydab, dam olish kunini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazyapti. Maxachev anchadan beri motocikl shaydosi hisoblanadi.
"Mavsumlar oralig'ida", — deya suratga izoh yozgan Maxachev.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev so'nggi jangini o'tgan oy UFC 311 turniri doirasida braziliyalik Renato Moykanoga qarshi o'tkazib, birinchi raundning o'zida raqibini bo'g'ib qo'ygandi. Bu uning to'rtinchi chempionlik himoya jangi bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar