So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

26 mar 13:13
Yangiliklar

Boks/MMA

Islam Maxachev qaytmoqda: jang sanasi va manzili malum

Teglar :  Islam Maxachev
Ikki vaznda UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan kam sonli aralash yakka kurash ustalaridan birining navbatdagi jangi tafsilotlari haqida xabar berildi.

Islam Maxachev kutilganidek jiddiy jarohat olmagan va 11 iyul kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan, har yili tashkil etiladigan Xalqaro janglar haftaligining yakuniy tadbiriga aylanadigan UFC 330 turnirida yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qiladi.

Bu haqda TMZ Sports nashriga bergan intervyusida rossiyalik jangchining menejeri Ali Abdel-Aziz xabar berdi. Ali shuningdek, o'z mijozining Iliya Topuriyaga qarshi jangi nega o'tkazilmaganiga ham izoh berdi.

"Menga Iliyaning Islam bilan jangi bo'yicha qo'ng'iroq qilishdi. Kunning ikkinchi yarmi edi, Islam uxlab yotar edi. Ammo keyinroq menga qo'ng'iroq qilib, "Unut, bu jang bo'lmaydi" deyishdi. Va bu men Islam bilan gaplashishga ulgurmasimdan oldin sodir bo'ldi. Men jangdan voz kechishning ko'plab usullari borligini bilaman. Masalan, "Men Frensis Ngannu bilan jang qilaman, menga 50 million dollar bering" deyish.

Men hech kimni iloji boricha ko'proq pul ishlash istagida ayblamayman, chunki Iliya va Islam o'rtasidagi jang UFC tashkil qila oladigan eng katta jang deb hisoblayman. Menimcha, bu jang shu yilning o'zida bo'lib o'tishi kerak.

SHundan so'ng Islamga yarim o'rta vazn toifasida yana bir jang - oqshomninn asosiy jangi sifatida taklif qilindi. Maxachev "Kelinglar, buni iyul oyida amalga oshiraylik" dedi. Uning qo'lida jarohat bilan bog'liq bazi muammolari bor, bu haqda Dana aytib o'tdi. Ammo har qanday holatda ham Islamning yozda birinchi raqamli yarim o'rta vazn toifasidagi davogar bilan jangi bor. Kelishuv allaqachon tuzilgan va UFC tez orada bu haqda elon qilsa kerak", - dedi Abdel-Aziz.

Ayni paytda Islam Maxachevga qarshi jang o'tkazish uchun irlandiyalik Ian Machado Garri, ekvadorlik Maykl Morales va nigeriyalik Kamaru Usman nomzod bo'lib turibdi. Bundan tashqari, 11 iyul kuni yarim o'rta vazn toifasida jang o'tkazishni rejalashtirayotgan Konor Makgregor ham oktagonga qaytishi haqida malumotlar bor.

Agar Abdel-Azizning xabaridan kelib chiqsak, yarim o'rta vaznda birinchi raqamli davogar sobiq chempion Jek Della Maddalena bo'lib turibdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing