15 fev 14:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev qoidalarni buzganmi? Uning o'zi javob qaytardi
Rossiyalik UFC chempioni Islam Maxachevni antidoping qoidalarini buzganlikda ayblashmoqda.
Avvalroq u Aleks Volkanovskiga qarshi jang oldidan taqiqlangan "kapelnica" olganligi malum bo'lgandi.
"Men bunga munosabat ham bildirib o'tirmayman. CHunki bizda UFC bilan ishlaydigan ekspertlar bor. Bu - USADA. Meni janggacha, jangdan keyin ham to'rt marotaba tekshirishdi.
Kimdir mening venalarimda ko'karishlar borligini aytib suratlar qo'ydi, ammo Avstraliyada ham ularning o'z komissiyalari bo'lgandi. Ular jang haftasining chorshanba kunida qon olishgandi. Surat esa payshanba kungi fotosessiyadan edi. Kimdir bu mavzuni ishira boshladi. Ammo UFC yoki USADA tomonidan xech narsa bo'lgani yo'q", - dedi Maxachev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar