So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

27 dek 16:54
Yangiliklar

Boks/MMA

Islam Maxachev titul jangi uchun ikki nomzodni aytdi

Tashkilotning vaznidan qati nazar eng yaxshi jangchisi, yarim o'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev oktagonga qachon qaytishi va navbatdagi raqibi kim bo'lishini malum qildi.

"Menga yanvar oyida jang taklif qilishdi, lekin bu mumkin bo'lmagan sana. CHunki men lagerda uch oy bo'ldim va dekabr oyida menga qo'ng'iroq qilishdi: "Yanvarda jang qilasanmi?" Yanvar oyida aniq jang qilmasligimni aytdim. Menga ismini aytishmadi, lekin menimcha, Maykl Moralesga qarshi jang. Bu mening taxminlarim - men aniq bilmayman, menejerim ham bilmaydi. Ramazondan keyin - aprel, may, iyun, istalgan sanalar. Agar Oq uyga qo'ymoqchi bo'lishsa, kutib turaman. Bo'lmasa, ertaroq urishishim mumkin.

Agar SHavkat qaytadigan bo'lsa, menimcha, hozir kimdir unga kamar uchun jang beradi, deb o'ylamayman. Lekin agar uni raqib sifatida berishsa - umuman muammo yo'q. Yarim o'rta vazn toifasida hozir ko'plab jangchilar bor, divizion o'zgardi, ko'plab yangi nomlar paydo bo'ldi. Morales yaxshi raqib bo'lardi, chunki mag'lubiyatsiz boryapti. Prates yaqindagina Ian Garriga yutqazib qo'ygandi. Agar Garrini olsak, u SHavkatga yutqazdi. Ularda allaqachon mag'lubiyat tarixi bor. Agar tanlash kerak bo'lsa, hozirda yaxshi ishlayotgan Maykl Morales yoki Kamaru Usman raqibim bo'lishi mumkin", - dedi rossiyalik "Ushatayka" kanaliga bergan intervyusida.

Ayni damda UFC yarim o'rta divizion reytingida Maykl Morales va Kamaru Usman mos ravishda to'rtinchi va sakkizinchi pog'onalarni egallab turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing