01 mar 14:32
Yangiliklar
Dzyudo

Islam Maxachev Toshkentdagi "Katta dubulg'a" turnirida qarindoshini qo'llab-quvvatlab turdi, yakunda uning qarindoshi o'zbekistonlik dzyudochiga mag'lub bo'ldi
Toshkent shahridagi "Yunusobod" sport majmuasida dzyudo bo'yicha "Katta dubulg'a" turkumidagi xalqaro turnir davom etmoqda.
Kecha musobaqaga rasmiy mehmon sifatida UFC chempioni Islam Maxachev tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Bugungi bahslarga uning qarindoshi, BAA vakili Karim Abdulaev kirishdi. Maxachev ham uni janglar davomida qo'llab-quvvatlab turdi.
Etiborlisi, u chorak final bosqichida o'zbekistonlik Obidxon Nomonov bilan to'qnash keldi. Bahsda hamyurtimizning qo'li baland keldi.
Malumotlarga ko'ra, Islam Maxachev ertaga Toshkentdan jo'nab ketadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar