10 may 09:05
Yangiliklar

Islam Maxachev UFC kamarini topshiradimi?
Keyingi jangida Islam yarimo'rta vazn toifasi chempionligi uchun oktagonga chiqish imkoniyatin qo'lga kiritgan taqdirda ham engil vazndagi UFC kamaridan voz kechmaydi.
"SHanba oqshomidagi jang keyingi qadamimni aniqlab beradi. Lekin jang qanday natija bilan yakunlanmasin, men engil vazndagi chempionlik kamarimdan voz kechmayman. Balki, u erda haqiqiy davogar paydo bo'lar", – deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Maxachev.
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi yarimo'rta vazn chempionlik kamari uchun jang qilishi mumkin. Faqat buning uchun UFC 315 turnirining asosiy jangida avstraliyalik Jek Della Maddalena falastinlik Belal Muhammadni mag'lub etishi kerak. Belal g'alaba qozonsa, Islam yarimo'rta vazn chempionligi uchun bo'lgan fikridan qaytadi va engil vazndagi o'z kamarini himoya qiladi. Bu haqda Monrealda o'tgan matbuot anjumanida Liga rahbari Dana Uayt xabar berdi.
Islam Maxachevning qo'shimcha qilishicha, 28 iyun kuni Las-Vegasda o'tkaziladigan Iliya Topuriya va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi jang davogarlik maqomida bo'ladi. Ushbu jang g'olibi Maxachevning keyingi raqibi nomini aniqlab beradi.
Fikrlar