21 iyu 10:12
Yangiliklar

Islam Maxachev UFC reytingida Makgregordan o'zib ketdi
Yangilangan reytingda rossiyalik 29 yoshli aralash yakkakurash ustasi Islam Maxachev to'rt pog'ona yuqorilashga muvaffaq bo'ldi. Dog'istonlik UFC jangchisi yakshanba tongida braziliyalik raqibi Tiago Moyzesni muddatidan avval bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.
Avvalgi reytingda 9-pog'onadan joy olgan Maxachev endi kuchli beshlikka yakun yasab turibdi. Undan avvalgi o'rinlarni Dastin Pore, Jastin Getji, Beneil Dariush va Maykl CHendler band etgan. Dastinga yutqazgan Konor Makgregor esa ikki pog'onaga pastlab, hozirda 9-o'rinni egallab turibdi.
Engil vazn UFC reytingi. TOP-10
1. Dastin Pore;
2. Jastin Getji;
3. Beneil Dariush;
4. Maykl CHendler;
5. Islam Maxachev (+4);
6. Toni Fergyuson (-1);
7. Rafael dos Anos (-1);
8. Den Xuker;
9. Konor Makgregor (-2);
10. Gregor Gillespi.
Fikrlar