14 fev 17:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev UFC’da keyingi jangini qachon o'tkazishni xohlashini aytdi
UFC’ning yarimo'rta vazn toifasidagi chempioni Islam Maxachev Oq uydagi turnirida keyingi jangini o'tkazishni xohlashini malum qildi.
"Hozir mening vazn toifamda chempionlik jangiga loyiq bo'lgan davogarlar etarlicha. UFC menga yangi maqsad qo'yishi kerak, xolos. Men shunchaki kutayapman.
Ramazon oyi kelyapti, shuning uchun men bir oy umuman mashq qilmayman, shundan keyin esa asta-sekin tayyorgarlikni boshlayman. Oq uy turniridami yoki boshqa iventdami — men jang qilishga tayyor bo'laman", — dedi Maxachev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar