25 may 08:01
Yangiliklar
Islam Maxachev UFC’dagi navbatdagi jangi sanasini tasdiqladi
U 15 avgust kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirida oktagonga ko'tariladi. Bu haqda rossiyalik chempion Kaspiyskda kurash bo'yicha Dog'iston va Osetiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida Vyacheslav Abdusalamovga bergan intervyusida aytib o'tdi, biroq raqibi nomini ochiqlamadi.
"To'g'risini aytsam, avgustda bo'lishini bilaman, lekin raqib haqida hali yuz foiz amin emasman. Murabbiylar jamoasidan ko'nglim to'q va men allaqachon yaxshi sport formasiga kirib borish jarayonidaman", - dedi Maxachev.
Ayni paytda Maxachev bilan jang qilish uchun eng ehtimoliy davogarlar irlandiyalik Ian Machado Gerri va ekvadorlik Maykl Morales bo'lib turibdi. Maxachevning braziliyalik Karlos Prates bilan jangi ham istisno emas. Avvalroq, chempionlik jangiga yana bir potencial nomzod sifatida nigeriyalik Kamaru Usman aytilgandi.

Fikrlar