28 may 16:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev UFC'ning yangi qo'lqoplari haqida: "Endi ko'proq qon to'kiladi"
Engil vazn toifasida UFC chempioni, rossiyalik Islam Maxachev UFC'ning yangi talqindagi qo'lqoplari haqida fikr bildirdi.
"Men yangi qo'lqoplarning eskilariga qaraganda qattiqroq ekanini sezdim. U qo'lingizni to'liq ochishga imkon bermaydi, buning natijasida barmoqlaringiz oldinga talpinmaydi va ko'zga kirib ketmaydi. Yangi qo'lqoplar juda qattiq, avvalgilari esa nisbatan yumshoqroq edi.
SHu sababdan, endi oktagonda ko'p qon to'kiladi. Men avvalari hech qachon qo'lqoplarimni uyda saqlab qo'ymaganman, lekin bu safar oltin rangli qo'lqopni o'zimda qoldiraman", dedi Maxachev.
Malumot uchun, Islam bizning vaqt bilan 2 iyun kuni tongda amerikalik Dastin Porega qarshi jangda chempionlik kamarini himoya qiladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar