13 avg 20:22
Yangiliklar
Islam Maxachevga Konorga qarshi boks jangi taklif qilindi
Rossiyalik jangchi bu taklif haqida "UFC Eurasia"ga bergan intervyusida so'zlab berdi.
"Makgregor masalasi yopilgani yo'q. Hozir bizda yangi reja bor. Yaqinda men "Zuffa Boxing" turniriga bordim, u erda Turki Al ash-SHayx o'tirgan edi. U Konorga qo'ng'iroq qilib, boks jangi o'tkazamizmi yoki yo'q, deb so'radi. Men albatta, deb javob berdim. "Dana Uaytning o'zidan so'ra", dedim. Uayt ham yonimizda o'tirgan edi. To'liq gaplashib olishning imkoni bo'lmadi, lekin nega endi yo'q? O'zimni yuqori darajadagi bokschi deb hisoblamayman, lekin istalgan jangchi bilan stoykada (tik turgan holda) bemalol jang qila olaman", – dedi Maxachev.
UFC engil vazn toifasi chempioni Islam Maxachev shu dam olish kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirida oktagonga qaytadi. Turnirning asosiy voqeasida u o'z chempionlik kamarini irlandiyalik Yen Machado Gerridan himoya qiladi.
Konor Makgregor esa yaqinda Maks Xolloueyga qarshi jangda olgan tizzasidagi jarohati tufayli operaciya qilindi va endi uni uzoq muddatli tiklanish jarayoni kutmoqda.

Fikrlar