04 iyu 11:21
Yangiliklar
Sambo
Islam Maxachevga yana bir sport turidan Rossiyada xizmat ko'rsatgan sport ustasi unvoni berildi + FOTO
Tegishli buyruq Rossiya Federaciyasi Sport vazirligi saytida elon qilindi.
Aniqrog'i, ikki vazn toifasida UFC chempioni Islam Maxachevga sambo bo'yicha Rossiyada xizmat ko'rsatgan sport ustasi unvoni berildi.
Malumot uchun, Islam Maxachev 34 yoshda. Dog'istonda tug'ilgan sportchi jangovar sambo bo'yicha Rossiya va jahon chempioni bo'lgan, 2010 yildan beri MMA qoidalari bo'yicha janglar o'tkazib keladi. U 2015 yilda UFC`da debyut qilgan. 2022 yilda engil vazn toifasida (70 kg gacha) tashkilot chempioni bo'ldi, shundan so'ng to'rtta himoyani o'tkazdi, 2025 yilda esa yarim o'rta vazn toifasi chempioniga aylandi. Uning hisobida dunyoning eng kuchli ligasida jami 17 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar