So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

22 iyu 17:34
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Islam Maxachevning CHarlz Oliveyraga qarshi jangida mantiq bormi? Birinchi jangda Islam raqibini yakson qilib tashlagandi

Islam uchun navbatdagi oson g'alabami?

Xabaringiz bor, Islam Maxachev UFC 294 turnirining markaziy jangida CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiyadi. Bu jang braziliyalik uchun revansh maqomida bo'ladi. 

CHarlz Oliveyra davogarlar kamligi uchun yana bir bor imkoniyatga ega bo'ldi. Aslida Maxachev yarimo'rta vaznga ko'tarilishini istagandi.

Islam Maxachev mart oyida Abu Dabida jang qilishini elon qilgandi. O'shanda u Dariush - Oliveyra jangi g'olibiga qarshi oktagonga ko'tarilishini aytgandi.  “Umid qilamanki, Dariush CHarlz Oliveyrani mag'lub etadi. CHunki men unga qarshi jang qilganman. Menga yangi chaqiruvlar kerak. Men istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyorman”, - degandi Islam. 

Biroq Dariush kutilmaganda nokautga uchradi va buning ortidan CHarlz yana bir bor davogarga aylandi. Islam Pore — Getji jangi g'olibi yoki  Volkanovski va Leon Edvardsga qarshi jang qilishi mumkin edi. Biroq yarim engil vazn chempioni qo'lini operaciya qildirdi. 

Yarimo'rta vazn chempioniga Kolbi Kovington berilgan bo'lsa, Dastin va Jastin jangga qadar tiklanishga ulgurmasliklari malum bo'ldi. SHu tariqa, Islamga bittagina raqib qoldi. U ham bo'lsa, CHarlz Oliveyra! 

CHarlz Oliveyrada Islam Maxachevga qarshi jangda hech qanday imkoniyat yo'q. U birinchi jangda sambo jiu-jitsudan ustunligini isbotlab qo'ydi.

Birinchi jangda Islam favorit edi, ikkinchisida esa uning imkoniyatlari yanada oshdi. Sababi, birinchi jangda Islam raqibiga hech nima qilishga imkon bermadi. Har tomonlama raqibidan ustun ekanligini isbotladi. Ushbu jangda barcha jiu-jitsu samboga qarshi yaxshi ishlay olmasligini ko'rdi. 

CHarlz Oliveyra birinchi jangda nafaqat kurashda, balki tik turgan holatda jangda ham mag'lub bo'lgandi. CHunki uning mag'lubiyati nokdaundan boshlangandi. U Maxachevga qarshi jangda doimgidek pressing qilmadi va himoyaviy jang qilishni boshladi. Turgan holatda olib borilgan jangda ham ustunlik Islam tomonida edi.

CHarlz Oliveyra Dariushga qarshi jangda yana o'zining uslubida hujumkor taktikada oktagonda harakat qildi. Biroq Islamga qarshi jangda bu katta tavakkal bo'lishini braziliyalikning o'zi ham juda yaxshi biladi.

CHarlz raqibini qanday qilib mag'lub etishi mumkin? U "stoyka"da yaxshi poziciyada harakat qilishi, asosan tavakkalga asoslangan jang qilishi va dzyudoda yaxshilab o'zlashtirishi lozim. Biroq buning uchun unda unchalik ko'p vaqt yo'q. 

Maxachev Oliveyra uchun stilistik jihatdan juda noqulay raqib: intizomli jang va ajoyib sambo usullari sohibi. Islam parterda ajoyib tarzda harakat qiladi. Uning bu harakatlari Xabibnikidan ham mukammalroq deb ko'pchilik takidlagan. Oliveyra, aksincha, Maxachev uchun qulay raqib. 

Bularning barchasi shunchaki taxminlar edi. Barchasi qanday yakunlanishini 21 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 294 oqshomida bilib olamiz. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing