26 apr 10:08
Yangiliklar
Islam Maxachevning UFC`dagi raqibi aniqlandi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi yarim o'rta vazn reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan irlandiyalik Yen Machado Gerriga qarshi kechadigan jangda o'z chempionlik kamarini himoya qiladi. Bu haqda "Eurosport" kanali sharhlovchisi Alvaro Kolmenero vaziyatga yaqin manbalarga tayangan holda xabar berdi.
Buning natijasida Islam bilan jang uchun potencial davogarlardan biri ekvadorlik Maykl Morales ro'yxatdan chiqarilgan.
"Men bu haqda avval ham gapirganman. Hozirda muzokaralar bosqichida turgan jang - bu Islam Maxachev va Yen Gerri o'rtasidagi to'qnashuv bo'lib, bu haqda manbalarim xabar bermoqda. Morales allaqachon chempionlik jangiga davogarlar safidan chiqarilgan. Taxminlarga ko'ra, jang avgust oyida Filadelfiyadagi UFC 330 turnirida bo'lib o'tadi, garchi Islamning o'zi xabarlaridan birida Xalqaro janglar haftaligida oktagonga chiqishiga ishora qilgan bo'lsa-da", - deb yozdi ispaniyalik muxbir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Malumot uchun, UFC 330 turniri 15 avgust kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadi, 11 iyul kuni esa Las-Vegasdagi UFC 329 turniri Xalqaro janglar haftaligini yakunlab beradi.

Fikrlar