10 apr 13:10
Yangiliklar
Boks/MMA
"Islam mendan qochayotgandek tuyulyapti". Iliya Topuriya - Maxachev bilan vaziyat haqida gapirdi
Engil vaznda UFC chempioni Iliya Topuriya yarimo'rta vazn chempioni Islam Maxachevning u bilan jang bekor bo'lgani haqidagi bayonotini yolg'on deb hisoblashini bildirdi.
SHuningdek, Matador Maxachev u bilan jangdan qochishga urinayotganini taxmin qildi.
"Menga bu yolg'on bo'lib ko'rinadi, chunki men haqiqatni bilaman. Birinchidan, bir sportchi boshqa sportchi nima talab qilayotganiga aralashmasligi kerak. Men boshqalarning pulini sanamayman. Unda birinchi safar ham bahonalar bor edi, endi ikkinchi safar ham bor. Bu ochiq-oydin shunday ko'rinadiki, u shunchaki mendan qochyapti. Menga shunday tuyulyapti", — dedi Topuriya.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar