22 mar 12:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Islamning navbatdagi jangi kechaning markaziy bahsi bo'ladi
Engil vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov Islam Maxachevning kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Islam iyun yoki iyulda oktagonga qaytadi. U faoliyatida ilk bor kechaning markaziy bahsida jang qiladi. Uning etti jangdan iborat g'alabali seriyasi bor. Islam bu yilning oxirida yoki kelasi yilning boshiga borib kamar uchun davogarga aylanadi», - dedi Xabib.
Eslatib o'tamiz, Islam so'nggi jangida UFC 259 kechasida Dryu Doberga qarshi oktagonga ko'tarilib, raqibini uchinchi raundda mag'lub etishga erishgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar