19 fev 17:48
Yangiliklar
Sport kurashlari
Islom Bahromov Osiyo chempionati sovrindori bo'ldi
Hindistonning Nyu-Dehli shahrida o'tkazilayotgan sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari ham yurtdoshlarimiz omadli kelyapti.
Hozirgina Islomjon Bahromov (-60 kg) bronza medali uchun kechgan bahsda g'alabaga erishdi. Bahromov hindistonlik kurashchi Gyanender Gyanenderga qarshi gilamga chiqdi va raqibini 6:0 hisobida raqibini mag'lubiyatga uchratdi.
Malumot uchun, Islomjon Bahromov chorak finalda tojikistonlik Firuz Mirzorajabovni 9:0 hisobida taslim etgan, lekin yarim finalda yaponiyalik Kenichiro Fumitaga yutqazib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar