So’nggi yangiliklar

19:02Хвича Анрининг антирекордини такрорлади! ПСЖ эса Монакода ғалаба қозонди 0 18:27Каратэчиларимиз 93 та давлат терма жамоалари орасида иккинчи ўрин бўлди 0 18:00Аёллар велоспорт жамоамиз Осиё рейтингида пешқадамга айланди 0 17:29Жек Делла Маддалена: "Ислам билан яна бир бор жанг қилишни жуда истайман" 0 16:50Расман: Ҳусайн Норчаев — "Навбаҳор" футболчиси 0 16:21Конор Макгрегор: "Менга рақиб ва жанг санасини таклиф қилишди ва мен..." 0 15:50OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 турнирига тайёргарлик муҳокама қилинди 0 15:29Бобур Тагиевнинг кейинги жанги қачон ва қаерда бўлиши ўтиши маълум (ПОСТЕР) 0 14:56"Ювентус" 67 йилдан кейин илк бор Еврокубок ўйинида 5 та гол ўтказиб юборди 0 14:25Икки нафар енгил атлетикачимиз Туркияда совриндор бўлишди 0 13:57Салоҳиддин Азимов яна Швецияга қайтмоқда 0 13:26Бектемир Мелиқўзиев ганалик рақибига қарши жанги учун сўнгги тайёргарликларни олиб бормоқда (ВИДЕО) 0 12:50Винисиус иккинчи ўринга кўтарилиб олди 0 12:19Ричард Торреснинг Фрэнк Санчесга қарши финал элиминатор жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 11:43Олимпиада: Даниил Ейбог бугун ўз иштирокини давом эттиради 0

20 noy 01:00
Yangiliklar

Sport kurashlari, Qilichbozlik, Engil atletika, Gandbol, Paralimpiya

Islom birdamligi o'yinlari. Bizda navbatdagi 4 ta medal!

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o'yinlarining o'n ikkinchi kungi bellashuvlari yakunlandi.

Kun davomida atletlarimiz 4 ta medal qo'lga kiritishdi:

Oltin:

- Aktenge Keunimjaeva (ayollar kurashi, -50 kg)


Kumush:

- SHohida Ahmedova (ayollar kurashi, -53 kg)

- Lidiya Podsepkina (engil atletika, 100 metrga to'siqlar osha yugurish)


Bronza:

- Zuhriddin Qodirov (qilichbozlik, sablya)


Musobaqada qatnashayotgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid yangiliklarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


00:45. Ayollar o'rtasidagi 4x100 yugurish bahslarida qizlarimiz so'nggi natijani qayd etishdi. 


22:50. Engil atletikaning ayollar o'rtasida 100 m masofaga to'siqlar osha yugurish finalida ishtirok etgan hamyurtimiz Lidiya Podsepkina musobaqa kumush medalini qo'lga kiritdi. U bellashuvlarda 13,56 soniya natija qayd etdi.


21:25.Qilichbozlikning sablya yo'nalishi bellashuvlarida ishtirok etgan Zuhriddin Qodirov musobaqani bronza medali bilan yakunladi. U yarim final bosqichida turkiyalik Furkan Yamanga imkoniyatni boy berib qo'ydi.


21:03. Uzunlikka sakrash bahslari yakunlandi. Ayollar o'rtasida kechgan musobaqada SHarifa Davronova 6.04 sm bilan to'rtinchi, Roksana Xudoyorova esa 5.74 metr bilan oltinchi natijani ko'rsatdi. Qayd etish joiz, uchinchi o'rinni egallagan togolik sportchi 6.05 metrga sakragan.


20:46. Kurash bellashuvlarida delegaciyamiz hisobiga yana bir medal qo'shildi. -53 kg vazn toifasida ishtirok etgan SHohida Ahmedova finalda nigeriyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi va kumush medal sohibiga aylandi.


20:21. Kurash dasturidan o'rin olgan final bellashuvlari boshlandi. Dastlab -50 kg vazn toifasida ishtirok etgan Aktenge Keunimjaeva nigeriyalik raqibiga qarshi bahs olib bordi. SHiddatli bellashuv hamyurtimizning g'alabasi bilan yakunlandi va Aktenge oltin medal sohibiga aylandi.


18:42. Sablyachimiz Zuhriddin Qodirov chorak final bosqichida eronlik Muhammad Firuzabadni 15:12 hisobida mag'lub etdi. Bu sportchi biroz oldin boshqa bir hamyurtimiz Musa Aymuratovni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.


17:01. Kurashchi qizlarimizning finallardagi raqiblari aniq:

-50 kg: Aktenge Keunimjaeva – Meisinnei Jenezis (Nigeriya) (19:50 dan so'ng)

-53 kg: SHohida Ahmedova – Kristiana Ogunsanya (Nigeriya) (20:05 dan so'ng).


16:38. Qilichbozlarimiz Musa Aymuratov va Zuhriddin Qodirov sablya dasturi saralash bellashuvlarini yakunlashdi. Ular endi 17:00 dan boshlab, medallar yo'lida kurashga kiradi.


14:50. Kurashchi qizlarimizning har ikkisi finalda! Aktenge Keunimjaeva (50 kg) yarim final bosqichida ozarbayjonlik Elnura Mammadovani 10:0, SHohida Ahmedova (53 kg) esa qirg'izistonlik Aruke K.Kizini 5:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.


14:21. Para engil atletikachi Mahliyo Akramova F32 klassidagi bulava uloqtirish bellashuvida ishtirok etdi va 20.59 m natija bilan beshinchi bo'ldi.


13:59. Ettikurash bahslarida qatnashayotgan O'g'iloy Norboeva balandlikka sakrash bellashuvlarida 1.71 m natija bilan to'rt sportchi orasida birinchi bo'ldi.


13:57. 50 kg vaznli kurashchi Aktenge Keunimjaeva saralashning ikkinchi bosqichida tunislik CHahzared Ayachini 10:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, SHohida Ahmedova (53 kg) chorak final bosqichida Indoneziya azosi Yusma Desvitadan ustun keldi — 4:0. SHohida yarim finalda.


13:40. Afsuski, gandbolchi qizlarimiz yarim finalda Turkiyaga 22:39 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Endi vakilalarimiz ertaga bronza medali yo'lida maydonga tushishadi.


13:21. Aktenge Keunimjaeva musobaqani g'alaba bilan boshladi. Kurashchimiz saralash bahsida Jazoir vakilasi CHebila CHeymani 6:1 hisobida dog'da qoldirdi.


13:20. Yunon-rum kurashi ustasi Abduqodir Jalilov 97 kg vazn toifasida o'tkazilgan chorak final bahsida turkiyalik Beytulloh Qayishdog'ga mag'lub bo'ldi — 0:10.


12:24. Engil atletikachimiz O'g'iloy Norboeva ettikurashdagi ishtirokini boshlab oldi. U 100 m to'siqlar osha yugurish bahslarida 14.29 soniyada marra chizig'ini kesib o'tdi va ikkinchi bo'ldi. 


12:12. Gandbolchi qizlarimizning Turkiyaga qarshi o'yini boshlandi. Hozircha sportchilarimiz hisobda ortda borishmoqda.


— — — — —  

Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati: 

GANDBOL

12:00. Ayollar, yarim final. O'zbekiston - Turkiya.

QILICHBOZLIK

15:00. Sablya, yakkalik. Musa Aymuratov

15:00. Sablya, yakkalik. Zuhriddin Qodirov.

YUNON-RUM KURASHI

12:00. 97 kg, chorak final. Abduqodir Jalilov - Kayisdag B. (Turkiya)

AYOLLAR KURASHI

13:15. 50 kg, saralash. Aktenge Keunimjaeva - CHebila CHeima (Jazoir)

14:00. 53 kg, chorak final. SHohida Ahmedova - Desvita Y. (Indoneziya).

ENGIL ATLETIKA

12:00. Ettikurash, saralash. O'g'iloy Norboeva

12:45. 200 m, saralash. Jonbibi Hukmova

20:05. Uzunlikka sakrash, final. Roksana Xudoyorova

20:05. Uzunlikka sakrash, final. SHarifa Davronova

22:45. 100 m to'siqlar osha yugurish, final. Lidiya Podsepkina

23:00. 800 m, final. Sabohat Samijonova

23:05. Nayza uloqtirish, final. Sarvar Ismoilov

00:40. 4 x 100m Relay, saralash. Jonbibi Hukmova, Laylo Allaberganova, Lidiya Podsepkina, Nurxon Ochilova.

PARA ENGIL ATLETIKA

13:50. Bulava uloqtirish F32, final. Mahliyo Akramova.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing