20 noy 23:30
Yangiliklar
Islom birdamligi o'yinlari. O'zbekistonlik sportchilar hisobida 11 ta medal!
Murosasiz kechgan bellashuvlarda O'zbekiston sport delegaciyasi 3 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza, jami 11 ta medalga ega chiqdi.
Kechagi kun qahramonlari:
Oltin medallar
- Anvar Anvarov (engil atletika, uzunlikka sakrash)
- Qilichbozlik, jamoaviy rapira (erkaklar)
- Qilichbozlik, jamoaviy shpaga (ayollar)
Kumush medallar
- Svetlana Oqnazarova (ayollar kurashi, -68 kg)
- O'g'iloy Norboeva (engil atletika, ko'pkurash)
- Qilichbozlik, jamoaviy sablya (ayollar)
- Qilichbozlik, jamoaviy sablya (erkaklar).
Bronza medallar
- Nataliya Semyonova (para engil atletika, nayza uloqtirish)
- G'ulomjon Abdullaev (erkin kurash, -57 kg)
- Umidjon Jalolov (erkin kurash, -65 kg)
- Nigina Sobirova (ayollar kurashi, -62 kg).
Musobaqada qatnashayotgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid yangiliklarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
21:24. Terma jamoamizda navbatdagi OLTIN medal! Qilichbozlik bo'yicha jamoaviy dasturdan o'rin olgan final bellashuvlarida rapirachi yigitlarimiz Qatarga qarshi bahsda ishonchli harakat qilishdi va 45:43 hisobida g'alaba qozonib, oltin medallarni qo'lga kiritishdi.

21:09. Erkin kurashchimiz Umidjon Jalolov O'zbekiston sport delegaciyasiga navbatdagi medalni keltirdi. Yoshlar o'rtasida Olimpiada va jahon chempioni bronza medali uchun kechgan bellashuvda ozarbayjonlik raqibidan ustun keldi.


20:57. Uzunlikka sakrash bahslarida jahon elitasidagi sportchilardan biriga aylangan Anvar Anvarov ikkinchi bor Islom birdamligi o'yinlarining chempioniga aylandi. Hamyurtimiz hozirgina yakunlangan musobaqada 8,09 metr natija bilan delegaciyamizga oltin medalni taqdim etdi.

20:36. Svetlana Oqnazarova VI Islom birdamligi o'yinlarining kumush medali sohibasi. 68 kg vazndagi kurashchi qizimiz final bellashuvida Olimpiya o'yinlari sovrindori, Qirg'iz Respublikasi vakilasi Meerim Jumanazarovaga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

20:07. G'ulomjon Abdullaev musobaqaning bronza medalini qo'lga kiritdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori gvineyalik Muhammad Kamarani 10:0 hisobida dog'da qoldirib, bronza medaliga sazovor bo'ldi.
20:13. Yana bir bronza medalini ayollar erkin kurashi bahslarida Nigina Sobirova taqdim etdi. U uchinchi o'rin kechgan bellashuvda iordaniyalik Ayla Mayalini engdi.

Sport kurashlari bo'yicha kechki dasturda ishtirok etadigan hamyurtlarimiz:
Bronza medali uchun:
-57 kg: G'ulomjon Abdullaev – Moxamed Kamara (Gvineya)
-62 kg: Nigina Sobirova – Aylah Mayali (Iordaniya).
Final:
-68 kg: Svetlana Oqnazarova – Meerim Jumanazarova (Qirg'iz Respublikasi).
18:40. Sablya dasturidagi yigitlarimiz chorak finalda Ozarbayjon ustidan 45:43 hisobida g'alaba qozongan holda musobaqa yarim finaliga yo'l oldi. Keyingi raqib Eron bo'ladi.
18:09. Qilichbozlik bo'yicha ayollar o'rtasidagi jamoaviy shpaga bahslarida 1/2 finalga chiqdi. CHorak finalda Iordaniya terma jamoasi 45:32 hisobida mag'lub etildi. Final ostonasidagi raqib - Ozarbayjon!


16:36. Sablyachi qizlarimiz FINALga chiqishdi. Mushketyor qizlarimiz 1/2 finalda Indoneziya terma jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi 45:13!


15:31. Kurashchi qizlarimiz yarim finalda gilamga chiqishdi:
-62 kg: Nigina Sobirova – Ruzana Mammadova (Ozarbayjon) 0:6
-68 kg: Svetlana Oqnazarova – Irina Kazyulina (Qozog'iston) 4:4. Oqnazarova finalda!
15:24. Afsus! Gandbolchi qizlarimiz ham bronza medallaridan quruq qolishdi. Vakilalarimiz Eronga qarshi o'yinda 25:29 hisobida mag'lub bo'lishdi.
14:49. Sirojbek Rustamov bronza medali uchun kechgan jangda qirg'izistonlik Argen Abdumannopovga 2:10 hisobida imkoniyatni boy berdi.
13:34. Jiu-jitsuchi Sirojbek Rustamov o'tish bosqichining ikkinchi bellashuvida marokashlik Saad Xadini 8:0 hisobida dog'da qoldirdi.
13:20. Rapirachilarimiz Radmir Semeneev, Ilyas Molina va Ulug'bek Usmonov jamoaviy dastur saralashida Saudiya Arabistonidan ustun keldi. Endi ular yarim finalda O'mon bilan to'qnash keladi.
13:17. Afsus! G'ulomjon Abdullaev ham chorak finalda mag'lubiyatga uchradi. U Qirg'iziston vakili Abdumalik Karachov oldida ojiz qoldi — 2:10. Endi u ham qirg'iz sportchisining finalga chiqishini kutishi kerak.
13:05. Sevinchoy Polvonova (ayollar kurashi, 76 kg) musobaqaning nimchorak finalida gilamga chiqdi. Ozarbayjon terma jamoasi azosi Zahra Karimzadaga qarshi bahsda hamyurtimiz 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Sevinchoy ishtirokini davom ettirishi uchun ozarbayjonlik kurashchi finalga chiqishi kerak bo'ladi.
13:03. Erkin kurashchi Umidjon Jalolov (66 kg) chorak finalda eronlik Rahman Amuzadxaliliga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uning raqibi finalga yo'l olgan taqdirdagina Umidjonda o'tish bosqichida qatnashish imkoni paydo bo'ladi.
12:56. Ayollar o'rtasida 200 m masofaga yugurish saralashida terma jamoamiz azosi Jonbibi Hukmova ishtirok etdi va 24.60 soniya natija ko'rsatdi. Afsuski, bu Jonbibining finalga yo'l olishi uchun kamlik qildi.
12:53. Ettikurash bellashuvlarida nayza uloqtirish bahsi yakunlandi. O'g'iloy Norboeva 50.32 m natija bilan birinchi bo'ldi. U endi kechgi dasturda final — 800 m masofaga yugurish bellashuvida ishtirok etadi.
12:39. Kunning ilk medali para engil atletikachimiz Nataliya Semyonova tomonidan qo'lga kiritildi. U nayza uloqtirish bahslarida 16.88 m natija qayd etdi va bronza medaliga ega chiqdi.
Kurashchilarimiz ilk janglarini o'tkazishdi:
65 kg, nimchorak final. Umidjon Jalolov 10:0 Muhammad Abdulloh (Pokiston)
57 kg, nimchorak final. G'ulomjon Abdullaev 4:0 Ayyal Belolyubski (Tojikiston)
62 kg, chorak final. Nigina Sobirova 10:0 Mouda Xamdun (Misr)
68 kg, chorak final. Svetlana Oqnazarova 2:0 Ndiffo Aymelda (Kamerun).
12:35. Sirojbek Rustamov (Jiu-jitsu, 69 kg) o'tish bosqichida Ozarbayjon vakili Najmaddin Guluzada bilan jang qildi va g'alabaga erishdi.
12:33. 110 m masofaga to'siqlar osha yugurish saralashida o'zbekistonlik atlet Ergash Normurodov ishtirok etdi va o'z guruhida 14.00 soniya vaqt bilan eng yaxshi natijani qayd etib, finalga yo'l oldi.
12:23. 5000 m masofaga sportcha yurish bellashuvlari finalida chiqish qilgan Rasulbek Dilmurodov 20:12.20 soniya bilan 6 nafar sportchi orasida to'rtinchi natijani qayd etdi.
11:42. Jiu-jitsu ustasi Sirojbek Rustamov (69 kg) nimchorak final bosqichida tojikistonlik Mahmudjon Nazrizodani mag'lubiyatga uchratdi, biroq chorak finalda qozog'istonlik Aldiyar Serikka imkoniyatni boy berib qo'ydi. U endi o'tish bosqichida Ozarbayjon vakili Najmaddin Guluzada bilan bahs olib boradi (12:35 dan so'ng).
11:38. O'g'iloy Norboeva ettikurash dasturining uzunlikka sakrash bahslarida 5,50 m natija qayd etdi va ochkolari sonini 3891 taga etkazib oldi.
— — — — —
Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:
GANDBOL
14:00. Ayollar, bronza medali uchun. O'zbekiston - Eron.
ERKIN KURASH
12:15 dan so'ng. 65 kg, nimchorak final. Umidjon Jalolov - Muhammad Abdulloh (Pokiston)
12:25 dan so'ng. 57 kg, nimchorak final. G'ulomjon Abdullaev - Ayyal Belolyubski (Tojikiston).
AYOLLAR KURASHI
12:30 dan so'ng. 62 kg, chorak final. Nigina Sobirova - Mouda Xamdun (Misr)
12:35 dan so'ng. 76 kg, nimchorak final. Sevinchoy Polvonova - Zahra Karimzada (Ozarbayjon)
12:50 dan so'ng. 68 kg, chorak final. Svetlana Oqnazarova - Ndiffo Aymelda (Kamerun).
ENGIL ATLETIKA
11:00. Ayollar, ettikurash. O'g'iloy Norboeva
11:30. Erkaklar, sportcha yurish, final. Rasulbek Dilmurodov
12:20. Erkaklar, 110 m to'siqlar osha yugurish, saralash. Ergash Normurodov
12:45. Ayollar, 200 m, saralash. Jonbibi Hukmova
20:05. Erkaklar, uzunlikka sakrash, final. Anvar Anvarov
23:00. Ayollar, 1500 m, final. Saboxat Samijonova
23:50. Mixed 4 x 400m Mixed Relay, final. Abbosbek Toshtemirov, Hasanbek Rustamjonov, Jonbibi Hukmova, Laylo Allaberganova.
PARA ENGIL ATLETIKA
11:00. Ayollar, Nayza otish F55/56, final. Nataliya Semyonova.
QILICHBOZLIK
11:00 dan boshlab. Rapira bo'yicha erkaklar terma jamoamiz
15:00 dan boshlab. SHpaga bo'yicha erkaklar terma jamoamiz
15:00 dan boshlab. SHpaga bo'yicha ayollar terma jamoamiz
19:30 dan boshlab. Sablya bo'yicha ayollar terma jamoamiz
20:00 dan boshlab. Sablya bo'yicha erkaklar terma jamoamiz.
JIU-JITSU
11:15 dan so'ng. Erkaklar, 69 kg, nimchorak final. Sirojbek Rustamov - Mahmudjon Nazrizoda (Tojikiston).
Fikrlar