So’nggi yangiliklar

02:00Ислом бирдамлиги ўйинларида муваффақиятли кун: бир кунда бешта олтин медаль! 0 19:04Тошкент Осиё чемпионати баҳсларига мезбонлик қилади 0 18:55Шахмат. Якуббоев Жаҳон кубогининг чорак финалини ғалаба билан бошлади 0 18:43Остон Ўруновнинг клубдоши: "Эрон бошқа жамоа, ука!" 0 18:22Нилуфар Якуббоева “Mersin Open 2025” турнирининг “А” гуруҳи ғолибаси! 0 18:01Маддалена жамоаси Махачевдан қабул қилинган мағлубиятга муносабат билдирди 0 17:40WTA рейтинги. Топ-100 ўзгаришсиз. Қизларимизда аҳвол қандай? 0 17:19Меҳди Ҳошимнажот: "Кўпчилик Миср финалга чиқади деб ўйлаганди" 0 16:58Шаҳрам Ғиёсов: "Мен ҳеч қачон нокаутнинг ортидан қувмайман" 0 16:37ОАВ: ЖАР 2036 ёки 2040 йилги Олимпия ўйинларини ўтказиш учун ариза бермоқчи 0 16:16Махачев мағлубиятга учраган Жек Делла Маддаленани қўллаб-қувватлади 0 15:55Меҳди Моҳеби: "Умид қиламанки, CAFA турниридаги ҳолат такрорланмайди" 0 15:34ATP рейтинги. Алькарас йилни биринчи ракетка сифатида якунлади, теннисчимиз 10 поғона юқорилади 0 15:13Ислам Махачев: "Сизларсиз буни уддалай олмасдим" 0 14:52VI Ислом бирдамлиги ўйинлари. Делегациямизга ҳозирча 4 та медаль тақдим этган енгил атлетикачиларимизнинг иштирокидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

18 noy 02:00
Yangiliklar

Qilichbozlik, Engil atletika, Taekvondo, Paralimpiya

Islom birdamligi o'yinlarida muvaffaqiyatli kun: bir kunda beshta oltin medal!

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda VI Islom birdamligi o'yinlarining o'ninchi kungi bellashuvlar bo'lib o'tdi.

Musobaqada ishtirok etayotgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid yangiliklarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.  


O'zbekiston delegaciyasi uchun Riyod-2025 Islom birdamligi o'yinlarining bugungi kuni ancha muvaffaqiyatli o'tdi. Atletlarimiz kun davomida 5 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Oltin:

— Barnoxon Sayfullaeva (engil atletika, balandlikka sakrash)

— Diyorbek To'xliboev (taekvondo WT, -67 kg)

— Marat Mavlonov (taekvondo WT, +82 kg)

— Meyirxan Timurov (qilichbozlik, shpaga)

— Nargiza Qo'chqorova (engil atletika, nayza uloqtirish)


Kumush:

— Suhrob Xodjaev (engil atletika, bosqon uloqtirish)

— SHarifa Davronova (engil atletika, uch hatlab sakrash)

— Javohir Nurmatov (qilichbozlik, shpaga)

— Gulistan Perdibaeva (qilichbozlik, sablya)

— Svetlana Osipova (taekvondo WT, +70 kg)


Bronza:

— Valeriya Gorbatova (engil atletika, balandlikka sakrash)

— Ayubxon Fayozov (engil atletika, bosqon uloqtirish)

— Diyora Azizova (taekvondo WT, -63 kg)






00:45. OLTINNNNN!!! Nayza uloqtirish bahslarida 59,39 metr natija bilan Nargiza Qo'chqorova oltin medalga sazovor bo'ldi!


23:40. Engil atletikaning o'nkurash dasturida qatnashayotgan Nodir Norboev va Zahriddin SHokirov balandlikka sakrash bellashuvlarini yakunlashdi. Unda Norboev ham, SHokirov ham bir xil 2.02 m natija qayd etishdi.


22:02. Qilichbozlik bellashuvlarida hamyurtlarimiz ishtirokidagi ikkinchi final jangi nihoyasiga etdi. Ayollar o'rtasida sablya bo'yicha kechgan hal qiluvchi bahsda Gulistan Perdibaeva turkiyalik sportchiga 8:15 hisobida mag'lub bo'ldi va ikkinchi o'rin bilan cheklandi.


21:55. Svetlana Osipova musobaqada kumush medalni qo'lga kiritdi. U finalda turkiyalik raqibi oldida ojiz qoldi


21:45. Qilichbozlarimiz o'zbekcha derbida oltin va kumush medallarni bo'lishib olishdi. SHpaga dasturi g'olibligi Meyirxan Timurovga nasib etgan bo'lsa, kumush medalni Javohir Nurmatov qo'lga kiritdi.


21:34. Navbatdagi oltin! Og'ir vaznli taekvondochi Marat Mavlonov ham Ar-Riyod-2025 Islom birdamligi o'yinlari g'olibiga aylandi! U finalda qozog'istonlik Baurjan Xassenovni 2:0 hisobida mag'lub etdi.


21:21. Engil atletikachi SHarifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida chiqish qildi. Hamyurtimiz 13.91 natija qayd etdi va bu orqali musobaqa kumush medaliga ega chiqdi!


21:17. Sablya dasturidagi qilichbozimiz Gulistan Perdibaeva ham musobaqa finali uchun chiptani qo'lga kiritdi. U ozarbayjonlik Palina Kaspiyarovichdan ustun keldi — 15:12.


21:00. BIZDA YANA OLTIN! Diyorbek To'xliboev (67 kg) taekvondo bellashuvlari g'olibiga aylandi. Hamyurtimiz finalda turkiyalik Omer Dayiogluni 2:0 hisobida dog'da qoldirdi!


20:44. Yana bir qilichbozimiz — Javohir Nurmatov ham yarim final jangini muvaffaqiyatli o'tkazib oldi. U bu yo'lda Ozarbayjon terma jamoasi azosi Vahat Fatullaevni 15:11 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.


20:29. Meyirxan Timurov shpaga dasturi finalida! U yarim final bosqichida Saudiya Arabistoni sharafini himoya qiluvchi Xalifa Alomairini 15:13 hisobida taslim etdi.


19:43. Taekvondo ustasi Diyora Azizova (63 kg) bronza medali uchun kechgan jangda Niger vakilasi Madinatu Sakoni mag'lubiyatga uchratdi va musobaqani uchinchi o'rinda yakunladi.


Kechki dasturda dayanga chiqadigan taekvondochilarimiz:

Bronza medali uchun: 

-63 kg: Diyora Azizova – Madinatu Sako (Niger).

Final:

-67 kg: Diyorbek To'xliboev – Omer Dayioglu (Turkiya)

+82 kg: Marat Mavlonov – Baurjan Xassenov (Qozog'iston)

+70 kg: Svetlana Osipova – Sude Uzunchavdar (Turkiya)


18:59. Qilichbozlarimiz Javohirbek Nurmatov, Meyirxan Timurov va Gulistan Perdibaeva musobaqa yarim finalida!


15:15. SHpaga ustasi Meyirxan Timurov ham nimchorak finalga yo'l oldi. U 1/16 final bosqichida O'mon vakili Ahmed Keykesni 15:9 hisobida mag'lub etdi.


15:09. Svetlana Osipova ham musobaqani g'alaba bilan boshlab oldi. Hamyurtimiz chorak finalda nigeriyalik Xarauna Gounoni 2:0 hisobida dog'da qoldirdi.


14:45. Qilichbozlikning shpaga dasturida Javohirbek Nurmatov 1/16 final bosqichida chiqish qildi. U qirg'izistonlik Ilim B.Uuluga qarshi bahsda 15:5 hisobida zafar quchdi.


14:31. Taekvondo bellashuvlarida og'ir vaznli Marat Mavlonov marokashlik Elasbini, 67 kg vazndagi Diyorbek To'xliboev esa misrlik Adham Abdelmonemni engib, yarim final masalasini hal qildi.


13:41. Engil atletikachilarimiz hisobida to'rtta medal:

Oltin: Barnoxon Sayfulloeva — balandlikka sakrash (1,84)

Kumush: Suhrob Xo'jaev — bosqon uloqtirish (74,44)

Bronza: Valeriya Gorbatova — balandlikka sakrash (1,81)

Bronza: Ayubxon Fayozov — bosqon uloqtirish (74,12).


12:06. Diyorbek To'xliboev (Taekvondo, 67 kg) nimchorak final bosqichida Kot-d'Ivuar vakili Kobenann 2:1 (2/6, 8/0, 7/0) hisobida taslim etdi.


11:57. Qilichbozlarimiz ham ishtiroklarini boshlab olishdi. Javohirbek Nurmatov dastlabki ikki bahsda imkoniyatni boy berdi. Meyirxan Timurov esa 3 ta jangda 2 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etdi.


11:26. Taekvondochimiz Diyora Azizova nimchorak final bosqichida eronlik raqibini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.


— — — — —

Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati: 

TAEKVONDO

11:00. 63 kg. 1/8 final. Diyora Azizova — Eskandarnia (Eron)

11:35 (Toshkent vaqti): 67 kg. 1/8 final. Diyorbek To'xliboev — Kobenan (Kot-d'Ivuar)

14:45. +70 kg. 1/4 final. Svetlana Osipova — Xarauna Gouno (Nigeriya)  

16:00. +82 kg. 1/4 final. Marat Mavlonov — Elasbi (Marokash)/Sayid (Pokiston).

QILICHBOZLIK  

11:00. Javohirbek Nurmatov — shpaga yakkalik, saralash

11:00. Meyirxan Timurov — shpaga yakkalik, saralash

15:00. Gulistan Perdebaeva — sablya yakkalik, saralash

15:00. Zaynab Dayibekova — sablya yakkalik, saralash.

ENGIL ATLETIKA

12:05. Suhrob Xo'jaev — bosqon uloqtirish

12:05. Ayubxon Fayozov — bosqon uloqtirish

12:08. Barnoxon Sayfulloeva — balandlikka sakrash

12:08. Valeriya Gorbatova — balandlikka sakrash

12:10. Nodir Norboev — (o'nkurash) 100 m, 400 m yugurish, uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash

12:10. Zahriddin SHokirov — (o'nkurash) 100 m, 400 m yugurish, uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash

20:05. SHarifa Davronova — uchxatlab sakrash

20:05. Roksana Xudoyorova — uchxatlab sakrash

23:45. Nargizaxon Qo'chqorova — nayza uloqtirish

22:50. Hasanbek Rustamjonov — 400 metrga to'siqlar osha yugurish.

PARA ENGIL ATLETIKA

12:00. Yorqin Odilov — yadro uloqtirish - F57.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing