So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

07 avg 16:23
Yangiliklar

Tadbirlar

Islom birdamligi sport federaciyasining Bosh assambleyasi yig'ilishi o'tkazildi

Konya shahridagi “Grand Millineum” mehmonxonasida Islom birdamligi sport federaciyasining (ISSF) 11-Bosh assambleyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda Osiyo, Afrika va Evropaning tashkilotga azo 56 ta mamlakati milliy olimpiya qo'mitalari vakillari ishtirok etdi. Anjumanda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov qatnashdi.

Muborak Quron tilovati bilan boshlangan anjuman avvalida ISSF prezidenti, Saudiya Arabistoni shahzodasi Abdulaziz bin Turki al-Faysal so'zga chiqib, Islom birdamligi o'yinlari musulmon olamida o'zaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini alohida takidladi.

“Islom birdamligi o'yinlari ayni maqsadlar ila 2005-yilda tashkil etilgan edi. Koronavirus pandemiyasi tufayli biroz kechikib bo'lsa ham ushbu musobaqalarni o'tkazayotganimizdan juda xursandmiz”, - dedi ISSF prezidenti.

V Islom birdamligi o'yinlari tashkiliy qo'mitasi raisi, Turkiya yoshlar va sport vaziri Mehmet Kasapoglu o'z so'zida Konyada musobaqaga ko'rilgan tayyorgarlik jarayonlari haqida gapirdi. Uning aytishicha, o'yinlarni o'tkazish uchun Konya shahridagi mavjud sport inshootlari qayta tamirlandi, qator yangi sport majmualari bunyod etildi. Islom birdamligi o'yinlarini yuqori saviyada o'tkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Bosh assambleya yig'ilishida 2025 yil Kamerun mezbonligida o'tajak o'yinlar borasida ham mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing