So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

12 avg 17:25
Yangiliklar

Tadbirlar

Islom birdamligi sport tashkiloti rahbari o'zbekistonlik sportchilarning imkoniyatini yuqori baholadi

O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov Konya-2021 V Islom birdamligi o'yinlari doirasida bir qator xalqaro tashkilotlar mutasaddilari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash doirasida rasmiy uchrashuvlar o'tkazmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Islom birdamligi sport tashkiloti rahbari shahzoda Abdulaziz bin Turki Al Faysal Al Saud bilan tashkil etildi. Unda Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev ham qatnashdi.

Uchrashuv davomida ayni vaqtda davom etayotgan Islom birdamligi o'yinlarida delegaciyalarning ishtiroki, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar va kutilayotgan natijalar yuzasidan o'zaro fikr almashildi. 

SHuningdek, O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasida sport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalar o'rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan amaliy ishlarni tashkil qilish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.

Qayd etish joiz, O'zbekiston mazkur musobaqada ishtirok etayotgan eng katta delegaciyalardan biri hisoblanadi. SHahzoda Al Faysal Al Saud musobaqada o'zbekistonlik sportchilarning imkoniyatlarini yuqori baholab, vakillarimizga omad tilab o'tdi.

Eslatib o'tamiz, Adham Ikramov tashrifi davomida Turkiya yoshlar va sport ishlari vaziri Mehmet Kasapoglu bilan ham hamkorlik aloqalari bo'yicha qator kelishuvlarga erishgan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing