29 iyu 12:09
Yangiliklar
Boshqalar, Tadbirlar
"Islom birdamlik o'yinlari" sovrindorlari taqdirlandi FOTO
Bugun Toshkentdagi "Olimpiya shon-shuhrati muzeyi"da Bokuda bo'lib o'tgan "Islom birdamlik o'yinlari"da sovrindor bo'lgan sportchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Alisher Sultonov, bosh kotib Oybek Kasimov, Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi raisi Rustam Qurbanov, federaciyalar vakillari, sportchilar va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Marosimda to'rtinchi marotaba o'tkazilgan "Islom birdamlik o'yinlari"da oltin medalni qo'lga kiritgan sportchilarga 10 million so'mlik sertifikatlarni topshirildi.
Qolaversa, Ommaviy axborot hodimlari kuni munosabati bilan bir qator sport jurnalistlari Milliy Olimpiya qo'mitasi va Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi tomonidan taqdirlandi.
Birozdan so'ng, bugun bo'lib o'tgan tadbir haqida batafsil malumotlar taqdim etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar