11 may 23:29
Yangiliklar
"Islom birdamlik o'yinlari"ning bayroq ko'tarish marosimi bo'lib o'tdi
Sportchilar shaharchasida Boku rasmiylari va musobaqa tashkilotchilari ishtirokida, mezbon davlatning bayrog'ini ko'tarish marosimi o'tkazildi.
Unda O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasining bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi. Sportchilarimiz ertangi musobaqalarga jiddiy hozirlik ko'rayotganliklari uchun tadbirda faol ishtirok eta olmadilar.
"Boku shamollar shahri, Sizlarni Ozarbayjonda ko'rib turganimizdan xursandmiz. Yurtimizdan yuqori kayfiyat va oltin medallar bilan ketishingizga chin dildan tilakdoshmiz", - deydi musobaqaning mahalliy tashkilotchilari.
Bugungi kunda sportchilar shaharchasida 57ta davlatning bayroqlari xilpirab turibdi.
Marosimdan olingan barcha suratlarni FOTOGALEREYAda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar