23 jan 08:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Islom Boltaevning Mangu MMA 1 turniridagi raqibi elon qilindi (POSTER)
O'rta vazn toifasida Octagon League sobiq chempioni Islom Boltaevning keyingi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Taniqli aralash yakkakurash ustamiz 7 fevral kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida o'tkaziladigan Mangu MMA 1 turniri doirasida oktagonga ko'tariladi.
Hamyurtimizga o'sha kuni rossiyalik Nikolay Kudrinski raqib bo'lishi belgilandi.
Malumot uchun, Islom Boltaev hozirgacha MMAda 10 ta jang o'tkazib, 6 g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. Kudrinski hisobida esa 4 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar