23 apr 11:51
Yangiliklar

Israel Adesanya UFC rahbarlariga qaytayotani xabarini berdi, raqib ham malum
Israel Adesanya bu haqda promoushen bosslariga xabar berdi. U hatto raqibini ham aytdi.
"So'nggi jangimdan keyin sparring mashg'ulotini o'tkazmadim. Lekin Kamaru Usman bilan birga o'tkazgan sparringimdan keyin tushunib etdimki, men yana bemalol katta janglarda ishtirok eta olishimni tushunib etdim. Xanter Kempbell bilan gaplashib, oktagonga qaytish fursati etganini aytdim. Men SHon Striklendga qarshi jang o'tkazishni istayman. Menga revansh kerak. Mag'lubiyat uchun o'ch olaman. Qarzimni qaytarishim lozim", – dedi Adesanya murabbiyi Devid Goggins bilan suhbatda.
Malumot uchun, Israel 2023 yilning sentyabr oyida o'rta vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini qo'ldan chiqargandi. O'shanda u besh raund to'liq davom etgan jangda SHon Striklendga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Fikrlar