14 fev 19:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Israel Adesanya: “Umid qilamanki, Joshua albatta mutlaq jahon chempion bo'ladi”
O'rta vaznda UFC chempioni Israel Adesanya britaniyalik bokschi Entoni Joshuani qo'llab-quvatlashini aytdi.
“Umid qilaman Joshua albatta mutlaq chempion bo'ladi. Men doim do'stlarim uchun xamma narsaga tayyor bo'lganman. Entoni chempionlikka munosib yigit, shunchaki unda bazi muammolar yuz berdi.
Ha to'g'ri, Usik ajoyib bokschi. O'ylaymanki, har kim istalgan kechada kimnidir mag'lub etishi mumkin, lekin men har doim o'z do'stlarim tomonda bo'lganman," - dedi Adesanya jangdan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, kecha Adesanya avstraliyalik Robert Uittaker bilan jangda chempionlik kamarini himoya qilgandi. Jangchilar o'rtasidagi bahs besh raund davom etdi. Yakunda hakamlar qarori bilan amaldagi chempion Adesanya g'alabaga erishdi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar