05 jan 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Isroil Madrimov bo'lajak jangi oldidan AQSHga etib bordi (FOTO)
Super yarim o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov keyingi jangini o'tkazish maqsadida Amerika Qo'shma SHtatlariga keldi.
30 yoshli hamyurtimiz Toshkent vaqti bilan 25 yanvar tongida Las-Vegas shahridagi Fontainebleau majmuasida tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida Dominikan Respublikasi vakili Luis Devid Salazarga qarshi ringga ko'tariladi.
Isroilning shaxsiy Instagram sahifasiga joylagan suratlaridan uning Kaliforniya shtati Indio shahrida ekanini ko'rish mumkin. Madrimov jangiga so'nggi tayyorgarlik bosqichini meksikalik Joel Dias qo'l ostida olib boradi.


Havola :
Manba : instagram.com/israil_madrimov
Fikrlar