23 jan 18:39
Yangiliklar
Isroil Madrimov bo'lajak jangi oldidan nimalar dedi?
U 25 yanvar tongida Las-Vegas shahridagi Fontainebleau majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomi doirasida Dominikan Respublikasi vakili Luis Devid Salazarga qarshi bahs olib boradi.
"Alhamdulillah. Qaytganimdan xursandman. Oxirgi jangimdan keyin jarohatlar, tanamda muammolar paydo bo'lgandi. Lekin hozir o'zimni yaxshi his qilyapman. Jangga tayyorman. Raqibimga hurmatni saqlagan holda jangni qabul qilgani uchun minnatdorchilik bildiraman. SHanba kuni yaxshi jang o'tkazamiz, degan umiddaman. Bu yilgi rejaralarim juda katta. Hozir bor etiborimni faqat shanba kuni bo'ladigan jangimga qaratganman. Keyin nima bo'lishini esa ko'ramiz. Men katta nomlar bilan jang qilishni va kamarlarni qo'lga kiritishni xohlayman", deydi Madrimov.
Fikrlar