09 mar 08:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Isroil Madrimov: "Bu kunni 6 yil kutdim..."
Supero'rta vazn toifasida WBA chempioni Isroil Madrimov jangdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"His tuyg'ular ajoyib. Men bu lahzani anchadan buyon kutayotgan edim. 2018 yil prof boksda debyut qilganimdan beri men bu kamarga ega chiqishni xohlardim. Men hozir shu erda, Saudiyadaman va bu kamar meniki! CHempionlik kamari endi O'zbekistonga boradi", - dedi Madrimov.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz tongda rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi jang qilib, 5-raundda raqibini texnik nokautga uchratgan va bu bilan rossiyalik bokschiga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar